-
66
-
IKKINCHI BO‘LIM. JISMONIY TARBIYA
VOSITASIDA BOLALARNI RIVOJLANTIRISH
IMKONIYATLARI
1-§. Jismoniy tarbiya prinsiplari
Jismoniy tarbiya nazariyasi
va amaliyoti prinsiplari
pedagogika fanining umumiy prinsipiga tayanib, o‘ziga xos
spetsifik xususiyatlarga ega.
Jismoniy tarbiya tizimida har tomonlama ta’lim va
tarbiya berish prinsiplari.
Shaxsni
har tomonlama komil
inson qilib rivojlantirish prinsipi bolalarda jismoniy
qobiliyatni,
harakat
malakalari
va
ko‘nikmalarini
rivojlantirishga
yordam beradigan, bola shaxsini tarbiyalashni
birgalikda va har tomonlama tarbiyalashni amalga oshirishga
mujassam holda yondashishni ko‘zda tutadi.
Jismoniy tarbiya
tizimidagi bunday yondashuv kishilarning o‘ziga xos
xususiyatlari, yosh rivojlanish bosqichlari xususiyatlari,
hayotning u yoki bu davrida
asosiy faoliyat sifatida
tanlanadigan jismoniy tarbiya faoliyati turlari xususiyatlariga
ham bog‘liq bo‘ladi.
Jismoniy tarbiya va sportning hayot bilan bog‘liqligi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi muassasa
bolalarini tegishli
dastur asosida jismoniy va sport mashqlariga, o‘yinlarga
o‘rgatib, ulardagi bu qiziqish qo‘llab-quvvatlab turiladi.
Ta’limning maqsadi bolalarda maktabga o‘tish
va kelajakda
jismoniy tarbiyadan me’yoriy ko‘rsatkichlar majmuasi
talablarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirish
uchun jismoniy
tayyorgarlik hosil qilishdan iboratdir,
shu asosda bolalarda
O‘zbekistonning
mashhur
sportchilari,
ularning