Microsoft Word Баходир лотинча тузатилган doc



Yüklə 2,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/167
tarix26.10.2023
ölçüsü2,12 Mb.
#161348
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   167
Adabiyot maktabgacha

-
63
-
O‘RTA GURUH 
4-5 yosh bolalarning rivojlanish xususiyalari. 
Bola to‘rt 
yoshga yetgach, uning jismoniy o‘sishi bir muncha 
jadallashadi, bu davr mobaynida bo‘yi 105-108 sm gacha 
o‘sadi, og‘irligi esa 18-19 kg bo‘ladi. Bu davrda bolaning 
miyasi tez rivojlanadi. Katta yarim sharlar po‘stlog‘ining 
faoliyati takomillashib boradi. Boladagi asosiy harakatlarning 
rivojlanishida jiddiy-sifat o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, ularni 
bajarishda tabiiylik ortib boradi, bolalarda qiyoslash 
ko‘nikmasi shakllanadi. Bu yoshdagi bolalarning nutqi ravon, 
xotirasi ancha teran, mustaqil fikrlash darajasi bir qadar 
rivojlangan bo‘ladi. Barcha harakat va faoliyatlarni o‘zi 
mustaqil bajarishga intiladi. Bu yoshda bola nihoyatda ser 
harakat, o‘yinqaroq, o‘ta qiziquvchan bo‘ladi. U har qanday 
tadbirga bajonidil qatnashadi. Shuning uchun ham ularni 
to‘g‘ri ovqatlantirish, o‘z vaqtida uxlatish, salomatligini 
muhofaza qilish, ruhiy holatini nazorat qilib borish, quvnoq 
kayfiyatda bo‘lishini ta’minlash muhim a hamiyatga ega. Ular 
bilan olib boriladigan mashg‘ulotlarning mazmunini xuddi 
mana shunga yo‘naltirish maqsadga muvofiqdir. 
 
KATTA GURUH 
5-6 yosh bolalarning rivojlanish xususiyatlari. 
Bu 
davrda bolaning bo‘yi 7-8 sm ga o‘sadi. Uning oyoqlari 
gavdasiga nisbatan tezroq rivojlanadi, og‘irligi 20-22 kg ni 
tashkil yetadi. Bolalarning umurtqa suyaklari qotmaganligi 
tufayli tez qiyshayib qolishi mumkin. Shuning uchun ham 
suyaklarning to‘g‘ri o‘sishini ta’minlashga alohida e’tibor 
berish kerak. Ularning yuragi chaqaloq yuragiga nisbatan 4-5 
barobar kattalashgan, biroq muskullari hali yetarli darajada 


-
64
-
mustahkamlanmagan bo‘ladi. Olti yoshga yetganda miya 
po‘stlog‘ining asab katakchalari rivojlanib, og‘irligi va tashqi 
ko‘rinishidan kattalarnikiga yaqinlashadi. Shuning uchun ham 
bolaning asablariga juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda 
bo‘lish talab etiladi. Uning talaffuzi aniq, nutqi ravon 
bo‘lishini ta’minlash kerak. Bolaning bu faoliyatida nuqson 
bo‘lgan taqdirda uning oldini olish choralarini ko‘rish lozim. 
Bu yoshdagi bolalarning so‘z boyligining rivojlanishiga 
alohida e’tibor berish lozim. Ularning nutqidagi so‘zlar 
bolaning fikr ifodalash ehtiyojlarini to‘la qondirishi kerak. Bu 
davrda 
bolalarning 
matematik 
tafakkuri, 
hisoblash 
ko‘nikmalarini 
rivojlanishi 
lozim. 
Dastlabki 
iqtisodiy 
tushunchalarga ehtiyoj seziladi. Bolaning faraz qilish 
qobiliyatini jadal rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish 
maqsadga muvofiqdir. 

Yüklə 2,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin