- 67 - vatanparvarligi, ishchanligi, jasurligi, bardoshliligi, mahorati,
do‘st-birodarligi va o‘zaro yordam kabi xislatlariga hurmat
hissi tarbiyalanadi. Sog‘lomlashtirishga yo‘nalgan prinsipning
mohiyati bolalar sog‘ligini mustahkamlash vazifalarini
bajarishda namoyon bo‘ladi. Shuning uchun jismoniy
mashqlarni tanlashda bola organizmini har tomonlama
sog‘lomlashtirishga intilish, uning jismoniy sifatlarini hissiy-
ijobiy holat, hayotdagi xushchaqchaq kayfiyat bilan
yaxlitlikda rivojlantirish ham ko‘zda tutiladi. Jismoniy tarbiya
mashg‘ulotlarini rejalashtirishda salomatlikni mustahkamlash
qonuniyatlari hisobga olingan jismoniy yuklama albatta idora
qilinadi. Bu ish tarbiyachi, vrach va mudiraning muntazam
pedagogik nazorati ostida amalga oshiriladi.
Bolalarga jismoniy ta’lim va tarbiya berish jarayonida
quyidagi didaktik-ta’limiy prinsiplar qo‘llaniladi: tizimlilik va
izchillik, onglilik, mustaqillik va ijodiy faollik, ta’limning
ko‘rgazmali og‘zaki va amaliy usullarini birga qo‘shib olib
borish;
tushunarlilik
va
individuallashtirish
prinsipi;
ta’limning frontal, guruh va yakka tarzdagi shakllari birligi,
talabalarni tobora oshirib borish prinsipi.
Tizimlilik va izchillik. Jismoniy tarbiya maqsadlarida
foydalaniladigan tadbirlarning (kun tartibi, chiniqish, harakat
ko‘nikmalarining shakllanishi). Tizimlilik butun maktabgacha
tarbiya davri davomidagi jismoniy tarbiya jarayonining
uzluksizligi, muntazamligi, rejalashtirilganligidan, yuklama va
dam olishning majburiy almashinib turishi asosidagi jismoniy
tarbiya
mashg‘ulotlarining
aniq
izchilligidan,
mashg‘ulotlarning izchilligi, ketma-ketligi, mazmunan o‘zaro
aloqadorligidan iboratdir.
Har kuni muayyan bir vaqtda o‘z