Microsoft Word Баходир лотинча тузатилган doc



Yüklə 2,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/167
tarix26.10.2023
ölçüsü2,12 Mb.
#161348
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   167
Adabiyot maktabgacha

-
68
-
xarakteriga ko‘ra turli jismoniy mashqlarni (ertalabki 
gimnastika, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari, sayr paytidagi 
harakat faoliyati…) tizimi tarzda muntazam bajarish, 
chiniqtirish tadbirlari bolalarni belgilangan sog‘lomlashtirish-
tarbiyalash tartibiga o‘rgatadi. Jismoniy tarbiya hosil 
qilinayotgan harakat ko‘nikmalarining takrorlanishini talab 
yetadi. Faqat ko‘p marta takrorlangandagina harakatlar 
shakllanadi. Onglilik, faollik va mustaqillik prinsiplari 
bolaning o‘z faoliyatiga ongli va faol munosabatda bo‘lishga 
tayanishni ko‘zda tutadi, u yoki bu maqsadni amalga oshirish 
uchun nimani qanday bajarish kerakligini aniq tasavvur qilish 
lozim. Onglilik prinsipini ilk bor P.F.Lesgaft ishlab chiqqan 
edi. Bolaning mustaqil faol faoliyati berilgan vazifaga bo‘lgan 
qiziqishga, uni ongli idrok etishga, vazifa maqsadini amalga 
oshirish yo‘llarini tushunishga bog‘liq bo‘ladi. 
Ta’limning ko‘rgazmali, og‘zaki va amaliy usullarini 
birgalikda qo‘shib olib borish. 
Bilish faoliyati – hissiy bilish 
jarayonlarini amaliyot bilan birligidir. Harakatlarga o‘rgatish 
jarayonida 
bilishning 
bu 
ajralmas 
qismlari 
o‘zaro 
aloqadorlikda bo‘ladi. Biroq qo‘yilgan vazifaga qarab ularning 
izchilligi har-xil bo‘ladi: bolalarni harakatga o‘rgatish, 
ko‘rsatib tushuntirish; tarbiyachining mashqni og‘zaki 
tushuntirishi va uning bolalar tomonidan harakatda bajarilishi 
bilan boshlanishi mumkin. Yangi harakatlarni o‘rganishda 
ko‘rgazmalilik prinsipi harakatlarni tarbiyachi tomonidan juda 
aniq qilib ko‘rsatish orqali amalga oshiriladi. Ko‘rgazmalilik 
onglilik bilan c hambarchas bog‘liqdir: og‘zaki berilgan 
topshiriq kishi tomonidan tushunib olinadi, harakatni qaytadan 
bajarish bilan amalda sinaladi. Bunda sezgilar, ayniqsa, 



Yüklə 2,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin