-
70
-
bajarishga xizmat qiladi.
Talablarni asta-sekin oshirib borish.
Bu prinsipning
sharti bola oldiga birmuncha qiyin vazifalar qo‘yish va
bajartirish hamda yuklama ko‘lamini va intensivligini asta-
sekin oshirib borishdan iboratdir. Mashqlarni
yangilash
jarayonida harakat, malaka va ko‘nikmalarining hajmi
kengayadi
va
boyiydi.
Harakat
faoliyati
shakllarini
murakkablashtirish bilan birga bolaning kuchiga yarasha
beriladigan jismoniy yuklama asta-sekin oshib boradi. Bu
jismoniy fazilatlarning rivojlanish qonuniyatlari nisbatan
bolaning kuchi, chidamliligi, tezkorligi bilan belgilanadi.
Ko‘rib o‘tilgan barcha prinsiplar o‘z mazmuniga ko‘ra
o‘zaro bir-biri bilan c hambarchas bog‘liqdir. Ularning
barchasi o‘zida yagona va faqat shartli ravishda alohida holda
qaraladigan
bir
jarayonning
muayyan
jihatlarini
va
qonuniyatlarini aks ettiradi.
2-§. Bolalarni o‘qitish metodlari va usullari
Ta’lim metodlari o‘quv predmeti, aniq didaktik vazifalar,
vositalar va ta’lim shartlarining o‘ziga xos xususiyatlariga
bog‘liq usullar tizimining turli birikmalaridan iboratdir.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning asab tizimi va butun
organizmi nihoyatda plastik va tashqi ta’sirga beriluvchan
bo‘ladi. Shuning uchun maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar
bilan mashg‘ulot olib borganda psixik va jismoniy kuchni
sarflanadigan to‘g‘ri vaqt nisbati va undan so‘nggi dam olish
tarbiyachining muhim vazifalaridan biri bo‘lishi lozim.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta’lim berishda
ularning yosh xususiyatlari va imkoniyatlarini hisobga olgan
-
71
-
holda quyidagi metodlardan foydalaniladi.
1.
Ko‘rgazmali metod.
2.
Og‘zaki metod.
3.
Amaliy metod.
4.
O‘yin metodi.
5.
Musobaqa metodi.
Ko‘rgazmali metod – bu hissiy idrok va harakat
sezgilarining yorqinligini ta’minlaydi. Ular bolalarda sensor
qobiliyatlari rivojlanishini faollashtiruvchi harakat haqida juda
to‘liq va aniq tasavvurning hosil bo‘lishi uchun zarurdir.
Og‘zaki metod – bu metod bolalar ongiga yo‘naltirilgan,
ular oldiga qo‘yilgan vazifalarni tushunib olishga va mashqlar
mazmuni va tuzilishini o‘zlashtirib olishda katta rol
o‘ynaydigan harakatli mashqlarni ongli ravishda bajarilishi, bu
mashqlarni turli vaziyatlarda mustaqil qo‘llashga yordam
beradi.
Amaliy metod – bolalarning amaliy harakat faoliyati bilan
bog‘liq bo‘lib, harakatlarni o‘z muskul motor sezgilarida
to‘g‘ri idrok etilishini amalda tekshirishni ta’minlaydi. Amaliy
metodlar mashqlarni o‘yin shaklida, musobaqa elementlaridan
foydalanish bilan xarakterlanadi. Amaliy metodning xilma-xil
turlaridan biri o‘yin metodidir.
O‘yin metodi – bolalar bilan ishlashda samarali bo‘lib,
ko‘rgazmali
obraz
va
ko‘rgazmali
amaliy
tafakkur
elementlarini hisobga oladi. U turli harakat ko‘nikmalarini,
harakatlarning mustaqilligini, o‘zgaruvchan sharoitga nisbatan
tezkor javob reaksiyasini bir vaqtda takomillashuviga, ijodiy
faollik ko‘rsatishga imkon beradi.
Musobaqa metodi – maktabgacha tarbiya yoshidagi
|