-
73
-
qilishdan; masofani to‘g‘ri bosib o‘tishda mo‘ljal olishdan
foydalanish; ko‘rgazmali qo‘llanmalar, teleeshittirishlar,
fotografiyalar, suratlar… foydalanishdan iboratdir.
b) taktil – mushak ko‘rgazmaliligi bolalarning harakat
faoliyatiga jismoniy tarbiya qo‘llanmalarini kiritish bilan
ta’minlanadi. Masalan: tizzani baland ko‘tarib yugurish
ko‘nikmasini hosil qilish maqsadida ketma-ket qo‘yilgan yoy
shaklidagi darvozachalar qo‘llaniladi. Yugurish paytida
oyoqni bu to‘siqlar osha ko‘tarib o‘tish bolaning tizzani
baland ko‘tarish ko‘nikmasini egallashiga yordam beradi.
d) yaqqol eshitish usullari harakatlarni ovoz orqali
boshqarishga asoslanadi. Cholg‘u musiqasi va ashula eng
yaxshi eshitish ko‘rgazmasi hisoblanadi. Ular bolalarda estetik
his va emotsiyaonal ko‘tarinkilik uyg‘otadi, harakat
xarakterini belgilaydi, uning sur’ati va ritmini boshqaradi.
Shuningdek
tarbiyachilar
harakat
sur’ati
va
ritmini
bashqarishda
childirma
(buben)
dan
foydalanadilar.
Ko‘rgazmalilik usullari bolaning harakatlarni to‘g‘ri idrok
qilishi va tasavvur etishi, hissiy ongining kengayishiga
harakatlarni bajarishda o‘z-o‘zini nazorat qilishning vujudga
kelishiga sur’ati va ritmini eshitish orqali boshqarishga, sensor
qobiliyatining rivojlanishiga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: