Og‘zaki metodga oid usullar. Harakat
larga
o‘rgatishdagi og‘zaki usullar quyidagilarda ifodalanadi:
-
bayon etish va tushuntirish – bunda bolalarga ulardagi
mavjud hayotiy tajriba tasavvurga tayangan holda yangi
harakatlarni aniq, qisqa bir vaqtda tushuntiriladi.
-
sharhlash usuli – harakatlarni aniq ko‘rsatish yoki uning
ayrim elementlarini aniqlash asosidagi sharhlash.
-
74
-
-
ko‘rsatma
berish
usuli
–
tarbiyachi
tomonidan
ko‘rsatilgan harakatlarni qayta bajarishda yoki mashqlarni
bolalar mustaqil bajarishlarida zarur bo‘ladigan ko‘rsatmalar.
-
suhbat usuli – yangi jismoniy mashqlar va harakatli
o‘yinlarni joriy qilish va harakatlarni o‘rgatishda ularni
tushuntirish, harakatli o‘yin syujetini aniqlashtirish talab
etilganda oldindan o‘tkaziladigan suhbatlar.
-
savol berish usuli – tarbiyachi jismoniy mashqlarning
bajarilishidan oldin harakatlarni bajarish izchilligini anglash
darajasini aniqlash yoki mazmunli harakatli o‘yinlar haqidagi
tasavvurning bor yo‘qligini tekshirish, qoidalarni, o‘yin
harakatlarini aniqlashtirish maqsadida bolalarga savollar
beradi.
-
farmoyish va signallar berish usuli. Masalan, «To‘xtang!
Bir, ikki, uch yuguringlar», «Sakrab oyoqlarni yelka
kengligida ochib turing!» Bu buyruqlar bolalarning javob
harakat reaksiyasini tezligi va aniqligini vujudga keltiradigan
turli intonatsiya va dinamikani talab qiladi. Bular qatoriga
baland
ovozda
dona-dona
qilib
sanash
va
o‘yin
boshlanmalarini ifodali talaffuz etishni ham kiritish mumkin.
-
ifodali mazmunli hikoya usuli. U harakatlardagi
ifodalilikni rivojlantirish va o‘yin obraziga yaxshiroq kirish
maqsadida qo‘llaniladi. Mazmunli hikoya, ertakni qisqa
hikoya qilishga o‘xshaydi (1, 5 – 2 daqiqa) vaqt davom yetadi.
Bunda tarbiyachi o‘yin mazmuni va qoidalarini qisqa obrazli
hikoyada ochib beradi. Masalan: «Bor ekanda yo‘q ekan,
chiroyli qayrilma shoxli va beozor kulrang oq ona echki bor
ekan. Uning bolachalari bor ekan…»
Bolalarni harkatli o’yinlarga o‘rgatishda ko‘rgazmali va
|