-
62
-
aytish hamda raqsga tushishni o‘rgatish lozim.
Ularda
kattalarga jo‘r bo‘lib qo‘shiq aytish, musiqaga muvofiq
harakat qilish, ohangni his etish ko‘nikmasi shakllanadi. Bu
yoshdagi bolalarni bir joyga jamlaganda ular orasida o‘zaro
muloqotga kirishish ko‘nikmalari shakllana boshlaydi. Ta’lim-
tarbiyaviy ishlar bolalarda shakllana boshlagan xuddi ana shu
ko‘nikmalarni
rivojlantirishga
va
ularni
malakalarga
aylantirishga yo‘naltirilmog‘i lozim.
KICHIK GURUH
3-4 yoshli bolalarning rivojlanish xususiyatlari.
Bola 3
yoshga qadam qo‘yganda jismoniy o‘sishi
bir qadar
sekinlashadi. Bu davrda uning og‘irligi 14-15 kg., bo‘yi 90-95
sm. ga yetadi. Bola jismonan ancha chiniqib,
asab tizimi
taraqqiy yetadi. Tayanch harakat organlari takomillashib
boradi. 3 yoshli bolalar qisqa muddat davomida o‘z
hatti-
harakatlarini idora qilish ko‘nikmasiga ega bo‘ladilar.
Ulardagi mustaqillik ortib boradi, hissiyot hamda sensor idroki
rivojlanib boradi. Jamoa bo‘lib o‘ynash ko‘nikmalari
shakllanadi. O‘yin asosida amalga oshiriladigan mehnat
faoliyatini farqlash imkoniyati kengayadi.
Tasviriy faoliyat
hamda qurish-yasash faoliyatining dastlabki ko‘rinishlari
namoyon bo‘ladi. Uch yoshli bolalarning diqqati qisman
markazlashadi,
xotirasi mustahkamlanib boradi, moddiy
borliqni idrok
etish jarayoni boshlanadi, faraz qilish
imkoniyatlari vujudga keladi. Bunda o‘yin
faoliyati yetakchi
rol o‘ynaydi. Mazkur dastur xuddi mana shu faoliyatni ken-
gaytirishga va rivojlantirishga keng yo‘l ochadigan ta’limiy
mashg‘ulotlar tizimini belgilab berishga yo‘naltirilgan.