-
71
-
holda quyidagi metodlardan foydalaniladi.
1.
Ko‘rgazmali metod.
2.
Og‘zaki metod.
3.
Amaliy metod.
4.
O‘yin metodi.
5.
Musobaqa metodi.
Ko‘rgazmali metod – bu hissiy idrok va harakat
sezgilarining yorqinligini ta’minlaydi. Ular bolalarda sensor
qobiliyatlari rivojlanishini faollashtiruvchi harakat haqida juda
to‘liq va aniq tasavvurning hosil bo‘lishi uchun zarurdir.
Og‘zaki metod – bu metod bolalar ongiga yo‘naltirilgan,
ular oldiga qo‘yilgan vazifalarni tushunib olishga va mashqlar
mazmuni va tuzilishini o‘zlashtirib
olishda katta rol
o‘ynaydigan harakatli mashqlarni ongli ravishda bajarilishi, bu
mashqlarni turli vaziyatlarda mustaqil qo‘llashga yordam
beradi.
Amaliy metod – bolalarning amaliy harakat faoliyati bilan
bog‘liq bo‘lib, harakatlarni o‘z muskul motor sezgilarida
to‘g‘ri idrok etilishini amalda tekshirishni ta’minlaydi. Amaliy
metodlar mashqlarni o‘yin shaklida, musobaqa elementlaridan
foydalanish bilan xarakterlanadi. Amaliy metodning xilma-xil
turlaridan biri o‘yin metodidir.
O‘yin metodi – bolalar bilan ishlashda samarali bo‘lib,
ko‘rgazmali
obraz
va
ko‘rgazmali
amaliy
tafakkur
elementlarini hisobga oladi. U turli harakat ko‘nikmalarini,
harakatlarning mustaqilligini, o‘zgaruvchan sharoitga nisbatan
tezkor javob reaksiyasini
bir vaqtda takomillashuviga, ijodiy
faollik ko‘rsatishga imkon beradi.
Musobaqa metodi – maktabgacha tarbiya yoshidagi