Microsoft Word Баходир лотинча тузатилган doc



Yüklə 2,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/167
tarix26.10.2023
ölçüsü2,12 Mb.
#161348
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   167
Adabiyot maktabgacha

-
72
-
bolalarga ta’lim-tarbiya berishda u faqat pedagogik rahbarlik 
sharoitida qo‘llanilishi lozim. Bu metoddan katta guruhlarda 
foydalanish mumkin. Musobaqalar bolalar kuchiga mos 
bo‘lishi, axloqiy-irodaviy fazilatlarni tarbiyalash, shuningdek 
o‘z yutuqlarini va boshqa bolalarning muvaffaqiyatlarini 
talabalarga ongli munosabatda bo‘lish asosida to‘g‘ri baholash 
musobaqaning majburiy shartidir. Tashabbuskorlik, qa’tiylik, 
sabotlilik, dadillik, jasurlik, oliyjanoblik, o‘rtoqlik kabi 
irodaviy hamda axloqiy hislatlarni tarbiyalashda musobaqa 
metodining a hamiyati g‘oyat kattadir. Lekin shuni unutmaslik 
kerakki, birinchilik uchun raqobat qilish, kurashish salbiy 
xususiyatlarni (xudbinlik, hasad qilish, dag‘allik…) tarkib 
topishga imkon berishi mumkin. Shu sababli musobaqa 
metodiga mohirona pedagogik rahbarlik qilingan taqdirdagina 
u ma’naviy tarbiya sohasidagi o‘z rolini oqlay oladi. 
Pedagogik jarayonda ta’lim metodlaridan mujassam holda 
foydalaniladi. 
Ko‘rgazmali yoki og‘zaki metodlardan so‘ng darhol 
bolalar amaliy harakatlarga, harakatlarni mustaqil bajarishga 
o‘tishlari lozim. Har bir metod vazifalarni hal etishga yordam 
beradigan bir qancha usullar majmuasidan iboratdir. 
Usul – metodning bir qismi, uni to‘ldiruvchi va 
aniqlashtiruvchi qismidir. 
Ko‘rgazmali metodga oid usullar. Bolalarni harakatlarga 
o‘rgatishda 
ko‘rgazmalilikning 
turli 
metodlaridan 
foydalaniladi. 
a) yaqqol ko‘rish usullari harakat yoki ayrim xarakat 
elementlarining tarbiyachi tomonidan to‘g‘ri va aniq namoyish 
etilishidan; tevarak-atrofdagi hayot ko‘rinishlariga taqlid 


-
73
-
qilishdan; masofani to‘g‘ri bosib o‘tishda mo‘ljal olishdan 
foydalanish; ko‘rgazmali qo‘llanmalar, teleeshittirishlar, 
fotografiyalar, suratlar… foydalanishdan iboratdir. 
b) taktil – mushak ko‘rgazmaliligi bolalarning harakat 
faoliyatiga jismoniy tarbiya qo‘llanmalarini kiritish bilan 
ta’minlanadi. Masalan: tizzani baland ko‘tarib yugurish 
ko‘nikmasini hosil qilish maqsadida ketma-ket qo‘yilgan yoy 
shaklidagi darvozachalar qo‘llaniladi. Yugurish paytida 
oyoqni bu to‘siqlar osha ko‘tarib o‘tish bolaning tizzani 
baland ko‘tarish ko‘nikmasini egallashiga yordam beradi.
d) yaqqol eshitish usullari harakatlarni ovoz orqali 
boshqarishga asoslanadi. Cholg‘u musiqasi va ashula eng 
yaxshi eshitish ko‘rgazmasi hisoblanadi. Ular bolalarda estetik 
his va emotsiyaonal ko‘tarinkilik uyg‘otadi, harakat 
xarakterini belgilaydi, uning sur’ati va ritmini boshqaradi. 
Shuningdek 
tarbiyachilar 
harakat 
sur’ati 
va 
ritmini 
bashqarishda 
childirma 
(buben) 
dan 
foydalanadilar. 
Ko‘rgazmalilik usullari bolaning harakatlarni to‘g‘ri idrok 
qilishi va tasavvur etishi, hissiy ongining kengayishiga 
harakatlarni bajarishda o‘z-o‘zini nazorat qilishning vujudga 
kelishiga sur’ati va ritmini eshitish orqali boshqarishga, sensor 
qobiliyatining rivojlanishiga xizmat qiladi. 

Yüklə 2,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin