- 82 - kichiklashtirilgan sport o‘yinlaridan foydalanilanish, chunki
keng maydon tor maydonga nisbatan chaqqonlikni namoyon
qilish uchun qulaylik tug‘dirmaydi; balandlikka turli usul
bilan: orqamachasiga, oldi, yonlama, aylanib yugurib sakrash
va hokazolar).
5. Qo‘shimcha harakatlar kiritib mashqlarni murakkablashtirish (masalan,
yerga
tushish
oldidan
qo‘shimcha burilishlar qo‘shib, tayanib sakrash va boshqalar).
6. Tanish mashqlarni oldindan rejalashtirmay, ma’lum bo‘lmagan tarzda qo‘shib bajarish (masalan, gimnastik
kombinatsiyalarini ko‘rgan va o‘qitgan zahoti bajarish
musobaqasi va shunga o‘xshashlar).
7. Juft va guruh bo‘lib bajariladigan mashqlarda shug‘ullanuvchilarning bir-biriga ko‘rsatadigan qarshiliklarini o‘zgartirish (masalan, o‘yinlarda turli taktik
kombinatsiyalarni qo‘llash, mashqlarni bajarishda tez-tez
sheriklarni o‘zgartirish).
Chaqqonlikni nisbatan xususiy bo‘lgan sifatlaridan biri
muskullarni ratsional bo‘shashtira bilishni o‘rganish va uni
takomillashtirishdir. Har qanday harakat ma’lum ma’noda
muskullar ko‘zg‘alishi va bo‘shashtirilishining natijasidir.
Ko‘zg‘alishdek, bo‘shashtirishni (lozim bo‘lgan muskulni,
lozim bo‘lgan payitda) bilish har qanday harakatni samarali
bajarishda muhim rol o‘ynaydi. Harakatni qoyilmaqom qilib
bajarish uchun vaqtincha bo‘shashib turishi kerak bo‘lgan
muskullar guruhining tarangligi harakatni bajarish uchun
lozim bo‘lgan bemalollikni (bo‘g‘iqliq), harakatni erkin
bajarishni yo‘qqa chiqaradi. Harakatni bo‘g‘iq, emin-erkin
bajara olmasak ruhiy va muskul tarangligi orqali sodir bo‘ladi