Microsoft Word Баходир лотинча тузатилган doc



Yüklə 2,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/167
tarix26.10.2023
ölçüsü2,12 Mb.
#161348
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   167
Adabiyot maktabgacha

-
78
-
chaqqonlikni rivojlantiradi.
Har qanday harakat biror-bir konkrekt harakat vazifasi deb 
ataladigan vazifani hal qilishga qaratiladi. Masalan, iloji 
boricha balandroq sakrash, to‘pni ilib olish, raqibni aldab 
o‘tish, shtangani ko‘tarish va hokazo. Harakat vazifasining 
murakkabligi, bir vaqtda va ketma-ket bajariladigan 
harakatlarning uyg‘unligiga bo‘lgan talablar, harakatlar 
koordinatsiyasini tarbiyalaydi.
 
4-§. Harakat malakalarini hosil qilish bosqichlari 
Agar inson to‘g‘ridan-to‘g‘ri, tayyorgarliksiz yangi 
harakatlarni birdaniga bajara boshlasa, harakatni o‘zlashtirib 
olishi uchun vaqtni turlicha sarflanishiga qarab chaqqonlikka 
baho beriladi. Shuning uchun yangi harakatni o‘zlashtirib 
olishga ketgan vaqt shug‘ullanuvchida chaqqonlik sifatining 
ko‘rsatkichlaridan biridir.
Yuqoridagilarni hisobga olib, birinchidan
chaqqonlikni 
yangi harakat
larni tezda o‘zlashtirib olish qobiliyati (tez 
o‘rganish qobiliyati), ikkinchidan, harakat faoliyatini to‘satdan 
o‘zgarayotgan sharoit talablariga muvofiq tezda qayta moslash 
deb tushunish to‘g‘ri bo‘ladi. Bu ta’rifimizdan ko‘rinib 
turibdiki, 
chaqqonlik – bu baholash uchun yagona o‘lchovga 
(kriteriyga) ega bo‘lmagan murakkab kompleksli fazilatdir. 
H
ar bir muayyan holda, sharoitga qarab u yoki bu kriteriyni 
tanlab oladilar. Chaqqonlik anchagina xususiy fazilatdir. Sport 
o‘yinlarida chaqqon bo‘lib, gimnastikada unchalik chaqqonlik 
ko‘rsata olmaslik mumkin. Chaqqonlikning hayotiy muhim 
harakat sifati tarzida namoyon bo‘lishi gavdaning nisbatan 
kam harakatda bo‘lgani holda, qo‘llar bilan mohirona harakat 


-
79
-
qilishda qo‘l chaqqonligini namoyon bo‘lishi (ajratuvchi, 
slesarlik, o‘ymakorlik, duradgorlik, stanokda ishlash, kosiblik 
va boshqalarda) ko‘zga tashlanadi. Har qanday harakat 
qanchalar yangi bo‘lib tuyulmasin, doimo koordinatsiyaviy 
bog‘lanishlar asosida bajariladi.
Sxema tarzida har qanday individ yangidan-yangi 
harakatlarning barchasini oldindan o‘zlashtirgan tajribalari 
zaxirasi asosida o‘zlashtiradi va mustahkamlangan, g‘oyat 
ko‘p elementar koordinatsiyaviy bo‘lakchalarning yig‘inini 
tuzadi. Kishida harakatlar koordinatsiyalarining zaxirasi
harakat ko‘nikmalari zamini qanchalik ko‘p bo‘lsa, u yangi 
harakatlarni shuncha tez o‘zlashtirib oladi. Unda chaqqonlik 
darajasi aytarli yuqori bo‘ladi. Chaqqonlikning namoyonlik 
darajasi 
analizatorlar 
faoliyatiga, 
jumladan, 
harakat 
analizatorlarining 
faoliyatiga 
bog‘liqdir. 
Individning 
harakatlarni aniq tahlil etish qobiliyati qanchalik rivojlangan 
bo‘lsa, yangi harakatlarni tez egallab, ularni qayta 
o‘zlashtirish, yangilash imkoniyatlari shunchalik yuqori 
bo‘ladi. Sport bilan endigina shug‘ullana boshlagan kishilarda 
harakat tuyg‘usi (kinesteziya) ko‘rsatkichlari zaxirasiga 
tayanib o‘rgatish (o‘qitish) jarayoni yo‘lga qo‘yiladi. 
Boshqacha 
qilib 
aytsak, 
shug‘ullanayotganlarda 
o‘z 
harakatlarini aniq sezish va idrok qilish qobiliyatlari qanchalik 
yaxshi bo‘lsa, yangi harakatlarni ular shunchalik tez 
o‘zlashtiradilar. Chaqqonlikni rivojlantirish metodikasi bilan 
tanishib chiqsak. Birinchidan, chaqqonlikni rivojlantirish 
koordinatsiya jihatdan murakkab harakatlarni bajarishni, 
ikkinchidan - harakat faoliyatini to‘satdan o‘zgargan sharoit 
talablariga muvofiq ravishda qayta tuza olish qobiliyatini 



Yüklə 2,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin