- 80 - tarbiyalashdan iboratdir
. Bunda chaqqonlik uchun zarur
bo‘lgan o‘z harakatlarini fazo va vaqtda aniq idrok etish,
lozim bo‘lsa, stabil harakatlar qila bilish, muvozanat saqlay
olish, galma-gal zo‘r berish va muskullarni bo‘shattirish yoki,
aksincha, muskullarni taranglashtirish qobiliyati va shunga
o‘xshash boshqa xususiyatlarni tanlab takomillashtirish
muhim a hamiyatga ega. Demak,
“chaqqonlik” deganda, harakatlar koordinatsiyalarning umumiy to‘plami-yig‘indisi tushuniladi .
Chaqqonlikni rivojlantirish va tarbiyalashning asosiy yo‘li
yangi xilma-xil harakat malakalari va ko‘nikmalarni
shakllantirish demakdir. Bu esa harakat malakalarining
zaxirasi
ortib
borishiga
sabab
bo‘ladi
va
harakat
analizatorlarining funksional imkoniyatlariga samarali ta’sir
ko‘rsatadi. Yangi harakatlarni o‘zlashtirish uzluksiz bo‘lgani
yaxshi. Agar uzoq vaqt oralig‘ida yangi harakatlarni o‘rganish
rejalashtirilgan bo‘lsa ham, o‘quvchilarga vaqti-vaqti bilan
o‘zlariga ma’lum bo‘lmagan mashqlarni bajarib turish tavsiya
etiladi. Chunki yangi harakatlar (mashqlar) o‘zlashtirib
turilmasa shug‘ullanuvchini harakatga o‘rgatish qiyinlashadi.
Bunday mashqlarni to‘la o‘zlashtirib olish shart emas, chunki
u shug‘ullanuvchilarning qandaydir yangi harakatlarni his
qilib turishlari uchun zarur. Bu kabi mayda-chuyda
harakatlarni, odatda, faol dam olish uchun ajratilgan
kunlardagi
trenirovka
jarayoni
tarkibiga
kiritiladi.
Chaqqonlikni rivojlantirishda yangi harakatlarni o‘zlashtirib
olish qobiliyati sifatida har qanday ixtiyoriy harakatdan
foydalanish mumkin. Lekin ular faqat mashq tarkibidagi yangi
elementlar
bo‘lgani
uchungina
o‘rganiladi.
Malaka