- 84 - tiklanishi uchun yetarli bo‘lganda dam olish
oraliqlaridan (intervaldan) foydalaniladi. Yuqori darajada energiya sarflash
bilan
bajarilgan
mashqlardan
so‘ng
chaqqonlikni
tarbiyalaydigan mashqlarni bajarish biz kutmagan natijani
beradi.
Chidamlilikni rivojlantirish metodikasi. Muskul ishi
faoliyatida jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish davomida
charchoqqa qarshilik ko‘rsatish darajasi chidamlilik sifati deb
ataladi. Jismoniy mehnat (sport faoliyati) ni bajarayotgan kishi
sekin asta o‘z faoliyatni davom ettirishi qiyinlashayotganligini
sezadi. Ter quyilib oqa boshlaydi, yuzida qizillik kuchayadi,
rangi o‘zgaradi, muskullarida horg‘inlik sezadi, harakat
koordinatsiyasi, harakat texnikasi tarkibidagi elementlarning
bajarish ketma-ketligi buziladi, nafas olish ritmi chuqurligi
o‘zgaradi. Bajarayotgan harakati tarkibida qo‘shimcha
keraksiz harakatlar paydo bo‘ladi, qo‘shilib qoladi. Bunga
asosan, organizmda kechayotgan fiziologik, bioximiyaviy va
biomexanik o‘zgarishlar sabab bo‘ladi. Faoliyatni davom
ettirish esa ruhiy, irodaviy va boshqa sifatlar evaziga
bajariladi. Bunday holatni
konpensatsiyali charchoq fazasi deyiladi.
Agarda iroda namoyon qilish darajasini ortganligiga
qaramay, ish intensivligi pasaya borsa,
konpensatsiyasiz charchoq fazasi boshlanganligini kuzatamiz.
Charchoq o‘zi nima?
Mehnat (mashq qilish) davomida ish qobiliyatining vaqtinchalik susayishi charchoq deyiladi. Bir
xil ish faoliyati davomida charchoq turli kishilarda turlicha
bo‘lishi amaliyotda isbotlangan. Chunki, har bir individning
chidamliligini rivojlanganligi turlichadir.