111 - Me’yorga
yetmagan
zo‘riqishni
qo‘llash
o‘z
kamchiliklarga ega. Energiya sarflashda me’yordan ortiq
– muskul butunlay bajara olmay qoladigan darajada ishlash
samara bermaydi. Kuchni rivojlantirish nuqtai nazaridan
aytarli a hamiyatga ega bo‘ladigani asosan oxirgi o‘rinishlar
bo‘lib, toliqish hisobiga o‘ta zo‘riqish susayadi, ishga ko‘proq
harakat birligi qo‘shila boradi va ko‘tarilayotgan og‘irlik
me’yoriga yaqin bo‘la boshlaydi. Lekin bu urinishlar yarim
sharlar
po‘stlog‘i
funktsiyasining
susayganligi
fonida
(holatida) bajariladi. Bundan tashqari, takrorlash sonini ko‘p
marotabaliligi shug‘ullanuvchilarda befarqlilikni uyg‘otadi
yoki faoliyatga munosabati salbiylashadi, albatta, ular mashq
samarasining pasayishiga olib keladi. O‘quvchilarning yoshiga
xos xususiyatlar o‘zgarishi bilan bog‘liq kuch mashqlaridan
mashg‘ulotlarda, ayniqsa, darslarda foydalanish imkoniyati
chegarillangan. Kichik va o‘rta maktab yoshida shaxsiy
kuchini rivojlantirishni o‘ta oshirib yubormaslik lozim.
Mashqlar
tezlik
kuchini
rivojlantirishga
yo‘naltirilsa
mashqdagi statik komponentlar chegaralanishini a hamiyati
muhimdir. Lekin uni butunlay chiqarib tashlab bo‘lmaydi,
chunki statik holatlarni qo‘llash, ayniqsa, qomatning
tarbiyalashning yetakchi vositalari hisoblanadi va uni qo‘llash
samaralidir. Yosh o‘tishi bilan bu mashqlar kengrok
qo‘llaniladi.
Lekin
albatta
nafas
olishning
nazorati
kuchaytirilishi kerak. Chunki nafasni zo‘riqish paytida
uzoqroq ushlash, ayniqsa, qizlarda salbiy ta’sirga olib kelishi,
hatto ularning hushdan ketib qolishlaridek holatlar sodir qilishi
mumkin. Maktabda kuch tayyorgarligini olib borishdagi
asosiy vazifa tananing orqa va qorinning tomonini yirik