- 112 - muskulalari guruhini rivojlantirishga yo‘naltirilishi, chunki
qomatning
shakllanishi
shu
muskullarga
bog‘liq.
Rivojlanmaydigan muskul guruhlari
– tananing qiyshiq
muskullari, harakat tayanch apparati muskullari, sonning orqa
tomoni muskullari va hokazolarni rivojlantirish. «Alpomish»
va «Barchinoy» testi talab normalari tarkibiga kiritilganligi
bejiz emas.
Kuchni rivojlantirishning tipik vositalari: 7-9 yoshda
jismlar bilan umumiy rivojlantiruvchi mashqlar, qiyshiq
o‘rnatilgan gimnastika skameykalariga tirmashib chiqish,
gimnastika devoridagi mashqlar, sakrashlar, uloqtirishlardir;
10-11 yoshdagilar uchun
– katta muskul tarangligi talab
qilinadigan jismlarni ko‘tarish bilan umumiy rivojlantiruvchi
mashqlar (to‘ldirma to‘plar, gimnastika tayoqlari va h.k.)da,
uch usul bilan vertikal kanatga tirmashib, yengil jismlarni
uloqtirish va boshqalar; 14-15 yoshda - to‘ldirma to‘plar, katta
og‘irlikka ega bo‘lmagan gantellar, kanat (arg‘amchi)
tortishdek kuch talab qiladigan mashqlar, tortilishlar, qo‘lda
tik turish va boshqalar. To‘g‘ri o‘smirlarda og‘irlashtirish
maksimal vaznga nisbatan 60-70%ni tashkillashi lozim,
bundan tashqari, mashqlarni muskul to‘la bajara olmay
qolgungacha bajarish bu yoshdagilarda qat’iyan ta’qiqlanadi.
13-14 yoshli qizlardan boshlab talab qilinadigan nagruzka
bolalar uchun talab qilinadigan nagruzkaga nisbatan o‘z
tanasinig maksimal vazni atrofida bo‘lishi, ko‘proq lokal
holda
muskul
guruhlariga
kuch
mashqlari,
tashqi
og‘irlashtiruvchi sifatida gimnastika predmetlari yoki og‘ir
bo‘lmagan jihozlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Kuchni rivojlantirishda muskul zo‘riqishi ko‘lami (tirik