72
tepaliklar orasidagi pastliklarda katta balandlikka ega bo‘lmagan (0,6-0,9 m)
ko‘tarmalar qurish maqsadga muvofiqdir. Agan ko‘tarma ikki qumtepalik o‘rtasida
joylashgan bo‘lsa uning balandligi qo‘shni qumtepalik
balandligidan kam
bo‘lmasligi kerak (3.6-rasm).
3.6-rasm. Yo‘l poyining ko‘ndalang kesimlari (Vd eni):
1-balandligi 2 m dan kam; 2- 2 m dan baland; 3-2 m dan chuqur bo‘lmagan; 4-2 m
dan chuqur bo‘lgan; 5- ko‘tarma ostidagi qismi bilan 2 m dan chuqur; 6-ko‘tarma;
7-o‘yma; 8-o‘yma ko‘tarma ostidagi qismi bilan.
Ko‘tarmalar qiyaliklarini ularning balandligi 1 m dan yuqori bo‘lganda
shamol ta’sirida emirilishdan saqlashda qiyalikning yuqori qismi (ko‘tarma
balandligining 1/3 qismi) qum-shag’alli material yoki gilli grunt qatlami (10-15
sm) mustahkamlanishi kerak. Agar ko‘tarma balandligi 1 m dan kam bo‘lsa
himoya qatlami yotqizilmaydi. Ko‘chuvchan qumlarda o‘ymalar qurish
kuzatilmaydi, trassaning qum barxanlari va qum tepaliklarga ko‘ndalang holatda
o‘tishi bundan mustasno. Bunday holarda ko‘ndalang kesimga 3.6-rasm b
ko‘rinishda ko‘rsatilgandek shakl beriladi. Ko‘tariluvchi qumlarda (o‘simliklarni
saqlash maqsadida) yo‘l poyini yo‘lgacha 100 m dank am bo‘lmagan rezervdan
yoki o‘yma gruntidan bo‘ylama tashish yo‘li bilan kata bo‘lmagan
balandlikda
73
qilib (3.6-rasm, v) quriladi. Mexanik himoyalash yordamida barxanlarning quyi
qismini qalqonlar va matlar bilan yopib ularning balandligini kamaytirish mumkin,
buning natijasida ular yoyilib ketishdan saqlanadi. Yuqori qismi sochiladi va qum
shamoldan pana qiyalik yig’iladi.
Qalqonlar bilan ham barxanlarni huddi shu tarzda boshqarish mumkin.
Qalqon yo‘lning shamolga qaragan tomonidagi barxanga o‘rnatilishi
natijasida
shamol ta’siri to‘silib, qumning ushbu yo‘nalishdagi harakati ushlab turiladi (3.7-
rasm). Yo‘lning qarama-qarshi tomonidagi barxanga qalqon o‘rnatilmaydi va
buning natijasida undagi qumlar yo‘ldan uzoqlashadi. Shamol yo‘nalishi
o‘zgarganida qalqonlar qarama-qarshi tomondagi shamol yo‘nalishida turgan
barxanga o‘rnatiladi. Buning natijasida qumning yo‘lga harakati to‘xtatiladi.
Yo‘lning qarama-qarshi tomonidagi qalqonsiz turgan barxan shamol ta’sirida
uzoqlashadi (3.7-rasm, b).
3.7-rasm.
Barxanlar harakatini boshqarish: 1-yo‘l; 2- qalqonlar.
Qumlarning harakatini o‘simliklar bilan mustahkamlash orqali to‘xtatish
mumkin. Mustahkamlash amalga oshiriladigan tasma eni 25-40 m dan 125-150 m
ni tashkil qiladi va ko‘proq qumning ko‘chuvchanligiga bo‘gliq bo‘ladi: qanchalik
ko‘chuvchanlik yuqor bo‘lsa, mustahkamlanadigan tashma ham shuncha keng
bo‘ladi. Qumlarni mustahkamlash uchun ildiz tizimi
yaxshi rivojlangan daraxtlar,
butalar,
ko‘p
yillik
va
bir
yillik
maysalardan
foydalaniladi.