76
ko‘prikchalar), zovurlarning og’izlari, ochiq novlar,
quvursimon zovurlarni qor
va muzdan tozalash ishlari amalga oshiriladi.
Yo‘lning ko‘pchigan qismlaridagi suvlarni zudlik bilan qochirish ishlari
amalga oshiriladi. Yo‘ldan foydalanish xizmati oqimga xalaqit beruvchi mayda
to‘siq va emirishlarni o‘z vaqtida bartaraf qilish orqali suvlarning suv o‘tkazish
inshootlarining og’zida, qatnov qismida, suv qochiradigan ariqchalarda turib
qolishiga
yo‘l
qo‘ymasligi
kerak.
Bog’lanishsiz
materiallar
bilan
mustahkamlangan yo‘l yoqalarida yo‘l to‘shamasining ostidagi va yo‘l
yoqalaridagi muzlagan tuproq eriganda hosil bo‘ladigan suvlarning tezlik bilan
chetlatilishini ta’minlovchi eni 0,25-0,5 m bo‘lgan suv chetlatuvchi ko‘ndalang
o‘yiqlar qilinadi. O‘yiqlar yo‘l to‘shamasi
chuqurligida shaxmat tartibida,
kamida 4 m bo‘lgan ariqlarda, 40% dan kam bo‘lmagan nishablikda qilinadi.
O‘yiqlarning qiyaliklarining quyi tarafida yo‘lning o‘qiga 10-20
burchak hosil
qiluvchi tik belgilar qilinadi. ishlarni bajarishda maxsus mashinalardan,
ekskavatorlardan va boshqa mexanizastiya vositalardan foydalaniladi. Harakat
xavfsizligi bilan ta’minlash uchun yo‘lning o‘yiqlar yasalgan qismlari tegishli
yo‘l belgilari bilan to‘siladi. Tuproq quritib bo‘lingandan so‘ng o‘yiqlarni yo‘l
yoqalarini mustahkamlashda ishlatilgan material
yoki zax qurituvchi tuproq
bilan ko‘milib, talab qilingan me’yorda zichlantiriladi. Barcha ishlar bajarib
bo‘lingandan so‘ng yo‘l belgilari echib olinadi.
Bahor davrining so‘ngida, tuproq qurish boshlagan paytda suv qochirish
inshootlarini va zovurlarni yot jismlardan va iflosliklardan tozalash ishlari
amalga oshiriladi, suv yig’uvchi manbalarda va suv qochirish ariqchalarida
qolgan suvlar chiqarib tashlanadi, suv o‘pirib ketgan joylar tekislanadi, yo‘lning
poyi
qirg’oqlari
tuzatiladi,
mustahkamlanmagan
yo‘l
yoqalari
va
yonbag’irlarning shikastlangan qismlari mayda o‘pirilishlar,
emirilishlar va sel
oqizib kelishi natijasida paydo bo‘lgan yot jismlardan tozalanib tekislanadi.
Yo‘lning chim qatlami shikastlangan qismlariga qulay agrotexnik muddatlar
ichida chim bostiriladi.
77
Yoz
davrida
suv
manbalarini,
yonbag’irlarni,
yo‘l
yoqalarini,
yonbag’irliklarni yot jismlardan tozalanadi, tekislanadi va yozgi va traktor
yo‘llarini, qatnov qismida ta’mirlash olib borilayotgan joylarni (zarur bo‘lgan
hollarda) tekislanadi, mustahkamlovchi va muhofazalovchi inshootlarni ko‘zdan
kechirilib sozlanadi. Bu davrda mustahkamlanmagan yo‘l yoqalarini tekislash,
mustahkamlangan qatlamlarning ayrim shikastlangan qismlarini tuzatish,
ayrim
mustahkamlanmagan yo‘l qismlarini tekislash va mustahkamlanmagan
yonbag’irlarning ayrim emirilgan joylarini tiklash ishlari amalga oshiriladi;
ochiq novlarning, suv oqimlarining, suv qochirish ariqchalarining ayrim qismlari
tubida 5% dan kam bo‘lmagan bo‘ylama qiyalik ta’minlanadigan qilib
tozalanadi; qurituvchi moslamalarning mayda buzilishlari bartaraf qilinadi va
boshqalar; yo‘l yoqalaridagi, yonbag’irlardagi va suv yig’ish
manbalaridagi
ajriq-chimlar o‘rib tekislanadi, butalar kesib tashlanadi. ajriq-chimlarni, ayniqsa
begona o‘tlarni o‘rib-tekislash ishlari yaqin-atrofdagi ekinzorlarga ziyon
etkazmaslik uchun bunday o‘tlarning gullash davridan oldin amalga oshiriladi.
Bunday joylarda madaniy o‘tlarni ekish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Begona
o‘tlarga qarshi kimyoviy vositalar bilan kurashish tuman sanepidstanstiyasi bilan
kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Kuz davrida tuproqlarning yog’ingarchilik oqibatida namlanish darajasini
kamaytirish va kelgusi yilning bahorida haddan ortiq namlanib ketish darajasini
kamaytirish uchun suv o‘tkazuvchi qurilmalarning og’zi va suv qochiruvchi
ariqchalarni (ariqchalarni) muntazam ravishda begona jismlardan tozalab
boriladi va yozgi va traktor yo‘llarini, mustahkamlanmagan yo‘l yoqalarini
qishdan oldingi tekislash ishlari amalga oshiriladi.
Murakkab tuproq - iqlim
sharoitlariga ega bo‘lgan, ayniqsa erning ko‘pchish xavfi bo‘lgan yo‘l
qismlaridagi mustahkamlanmagan yo‘l yoqalariga avtomobillarning kirishi
cheklanadi. Yo‘l xizmati bu davrda ham, bahordagi kabi yo‘l uchun ajratilgan
mintaqadan
chorva
mollarini
haydab
o‘tish va boqish maqsadida
foydalanishlarini oldini olish lozim.
Dostları ilə paylaş: