154
Didaktikada ta'limni tashkil etishning umumiy masalalari, o‘qitish jarayonining
mohiyati, ta'limning mazmuni, o‘qitish qonuniyatlari, o‘qitish tamoyillari,
metodlari, uning tashkiliy shakllari yoritiladi.
Didaktika va metodika mustahkam aloqa va o‘zaro bog‘liqlikda joylashadi.
Didaktika o‘qitishning umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi. Aniq bir predmetni
o‘qtishning o‘ziga xos xususiyatlari xususiy metodikalarda ishlab chiqiladi.
Didaktikaning asosiy kategoriyalari.
Muayyan fanga xos bo‘lgan
tushunchalarda insoniyat tomonidan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida to‘plangan
bilimlar aks etadi.
O‘rgatish
– o‘qitish maqsadini amalga oshirish bo‘yicha pedagogning
tartiblangan faoliyati.
O‘rganish
– anglash, mashq qilish va egallangan tajribalar asosida xulq-atvor va
faoliyatning yangi shakllarini egallash jarayoni, oldin egallanganlari o‘zgaradi.
O‘qitish
– qo‘yilgan maqsadga erishishga yo‘naltirilgan pedagog bilan
o‘quvchilarning tartiblangan o‘zaro harakati.
Ta'lim
– o‘qitish jarayonida egallanadigan bilim, ko‘nikma, malakalar,
kompetensiya va fikrlash usullari tizimi.
Bilim
– ma'lum bir fanni nazariy o‘zlashtirishni aks ettiradigan inson g‘oyalari
yig‘indisi;
Didaktika
«nimaga o‘qitish?», «nimani o‘qitish?» «qanday o‘qitish?» «qayerda o‘qitish» kabi
savollarga javob izlaydi.
Dostları ilə paylaş: