164
jarayonining yo‘nalganlik darajasi); boshqarish va axborotlarni uzatish vositalari
turiga ko‘ra.
O‘quvchilar bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida turli darajadagi faollikni
namoyon etishadi. Ana shu sababli, o‘quvchilarga bilimlarni sust ravishda qabul
qiladi kabi nuqtai nazardan qarash to‘g‘ri bo‘lmaydi. Shu sababli bilish faoliyatiga
quyidagicha yondashish zarur: o‘quv faoliyatining inkor etilmagan tavsifi asosida
unga munosabat o‘zgaradigan bilishning quyi darajasi; quyidan mo‘tadillashgan
bosqichga o‘tish sifatidagi vaziyatli faoliyat; o‘quv jarayonida ijro etuvchilik
faoliyati; o‘quvchining subektiv nuqtai nazarini maksimal darajada ochishga
imkon beruvchi ijodiylik.
Yuqorida aytilganlarni umumlashtirib, bilish faolligi ko‘rsatkichi sifatida
mo‘tadillik, ishtiyoq, o‘rganishning anglanganligi, ijodiy namoyon bo‘lishi,
nostandart o‘quv vaziyatlaridagi xulq-atvor, o‘quv vazifasini hal etishdagi
mustaqillik va boshqalarni aytib o‘tish mumkin (4-rasm).
O‘quvchilarning o‘quv jarayonidagi ishtiroki va faolligining namoyon bo‘lishi –
bu rivojlanib boruvchi, o‘zgaruvchan jarayon. O‘qituvchi yordamida
o‘quvchilarning bilish faolligi quyi darajadan vaziyatli-faollikka, undan faol
ijrochilikka o‘tib boradi. Ko‘p jihatdan o‘quvchining bilish faolligi ijodiylik
darajasiga ko‘tarilishi yoki ko‘tarilmasdan qolishi o‘qituvchiga bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: