Ilmiy-texnik, texnokratik paradigma ning
bosh
maqsadi
amaliy
takomillashtirish uchun zarur «aniq» ilmiy bilimlarni uzatish va o‘zlashtirishdan
kelib chiqadi. «Bilim – kuch», shuning uchun inson qadr-qimmatini uning bilish
imkoniyatlari aniqlab beradi. Inson o‘zini o‘zicha emas, faqat aniq belgilangan
etalon (o‘rtacha namuna, standartlashgan)dagi bilish yoki xulq-atvor sohibi
sifatidagina baholaydi. Texnokratik paradigma sharoitida o‘quv-tarbiya
jarayonining istalgan natijasi «ha – yo‘q», «biladi – bilmaydi», «tarbiyali –
tarbiyasiz», «egallagan – egallamagan» tizimida baholanishi mumkin. Bu yerda
tayyorgarlik, ma'lumotlilik, tarbiyalanganlik darajasi tekshirib aniqlanadigan
qandaydir etalon, ideal mavjud bo‘ladi.
Ezoterik paradigma. Bu bizning sayyoramizdagi eng qadimiy ta'limiy
paradigmalardan biri. Mazkur so‘zning yunonchadan so‘zma-so‘z tarjimasi «sirli»,
«yashirin» ma'nolarini bildiradi. Uning mohiyatini abadiy va o‘zgarmas Haqiqatga
munosabat tashkil etadi. Ushbu paradigma tarafdorlarining fikricha, haqiqatni
shunchaki bilish mumkin emas, unga vijdon pokligi orqali erishish mumkin.
Pedagogik faoliyatning oliy maqsadi o‘quvchining tabiiiy kuch va imkoniyatlarini
yuqori darajadagi ongga ega bo‘lish, Kosmos bilan muloqot uchun sarf etish va
rivojlantirishda namoyon bo‘ladi. Shuning uchun o‘qituvchining muhim muhofaza
qiluvchi funksiyasi ta'lim oluvchilarning axloqiy, jismoniy, psixik tayyorgarligini
amalga oshirish va mavjud kuchlarini rivojlantirishdir.
O‘qitish jarayoni mohiyati va uning vazifalari. O‘qitish – o‘qituvchi va
o‘quvchilarning maqsadga qaratilgan birgalikdagi faoliyati jarayoni bo‘lib, bu
jarayonda o‘quvchilarni rivojlantirishni amalga oshiradigan bilim, ko‘nikma,
malaka va kompetensiyalar yuzaga chiqadi.
O‘qitish jarayoni uchta vazifani bajaradi: ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi.
O‘qitish jarayonining