169
bilan tavsiflanadi. Fundamental bilimlar aniq bilimlarga qaraganda sekin eskiradi,
shuningdek, inson va xotirasiga emas, ko‘proq uning fikrlash layoqatiga bog‘liq
bo‘ladi. Ta'limning fundamentalligi bilimlar mazmunining muntazamligi, nazariy
va amaliy jihatdan o‘zaro nisbatda bo‘lishni talab etadi.
Ta'lim va tarbiyaning uyg‘unligi tamoyili
yaxlit pedagogik jarayonda ta'lim
va tarbiyaning birligi qonuniyatlariga tayanadi. Bu tamoyil ta'lim
jarayonida
barkamol rivojlangan shaxsni shakllantirishni ko‘zda tutadi. Ta'lim jarayonida
tarbiyalashning samarali kechishi shaxsning intellektual rivojlanishi,
birinchi
navbatda, o‘quvchilarning qiziqishlari, idrok
etish hamda individual
qobiliyatlarining hisobga olinishi bilan bog‘liq.
Ta'limning tizimliligi va izchillik tamoyili
bayon qilinayotgan o‘quv
materialini mustahkamlash va ilgari o‘tilgan materiallarni to‘ldirishga
xizmat
qilishini, o‘quvchilarning uzluksiz va tizimli sur'atda mustaqil ish olib borishlarini,
o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilim va hosil bo‘lgan ko‘nikma, malakalarini
hisobga olib borishni ham o‘z ichiga oladi.
Izchillik ta'lim mazmuni, uning shakli va usullari, o‘quv jarayoni ishtirokchilari
bo‘lgan subektlarning o‘zaro munosabatlariga taalluqli.
U alohida parsial
(yunoncha partialis – qisman) va xususiy o‘quv vaziyatlari, predmet va hodisalar
o‘rtasidagi bog‘liqlik, aloqadorlik qonuniyatlarini asta-sekin o‘zlashtirish asosida
ularni yagona yaxlit o‘quv jarayoniga birlashtirishga imkon beradi.
Izchillik ta'lim jarayonining ma'lum tizim va ketma-ketlik asosida bo‘lishini
nazarda tutadi, zero, murakkab masalalarni oddiy masalalarni o‘rganmay turib hal
etib bo‘lmaydi.
Tizimlilik va ketma-ketlik u yoki bu o‘quv materialini o‘zlashtirish sur'ati,
uning elementlari o‘rtasidagi o‘zaro mosligini tahlil qilishga imkon beradi.
Ta'limning tizimliligi va ketma-ketligi ma'lum fanlar bo‘yicha bilim, ko‘nikma va
malakalarini shakllantirish, borliqni yaxlit idrok etish o‘rtasidagi
qarama-
qarshilikni hal etishga imkon beradi. Ushbu holatlar birinchi navbatda dastur va
darsliklarni muayyan tizimda yaratish, fanlararo hamda fanlar ichidagi bog‘liqlikni
ta'minlash evaziga namoyon bo‘ladi.