179
shakllantirishni nazarda tutadi. Mazkur kompetensiyalar umumta'lim fanlari orqali
o‘quvchilarda shakllantiriladi.
Shuningdek, har bir umumta'lim fanining mazmunidan kelib chiqqan holda
o‘quvchilarda fanga oid umumiy kompetensiyalar ham shakllantiriladi.
Ta'llim mazmunini loyihalash tamoyillari va mezonlari.
Ta'lim mazmunini
loyihalash quyidagi
umumiy tamoyillarga
muvofiq amalga oshiriladi:
Ta'lim mazmunining barcha elementlarining jamiyat, fan, madaniyat va
shaxs rivojlanishi talablariga mos bo‘lishi tamoyili.
Bu tamoyil ta'lim
mazmuniga an'anaviy bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar bilan birga
jamiyatning rivojlanganligi, ilmiy bilim, madaniy hayot darajasi va shaxsning
rivojlanish imkoniyatlarini aks ettiruvchi fanlarni kiritishni talab etadi.
Dostları ilə paylaş: