182
umumiy o‘rta ta'lim mazmunining respublikadagi barcha hududlarda birligi va
yaxlitligi;
umumiy o‘rta ta'limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda
innovatsiya texnologiyalariga asoslanilganligi;
o‘quvchilarda fanlarni o‘rganish va ta'lim olishni davom ettirish uchun tayanch
va fanlarga oid umumiy kompetensiyalarni rivojlantirishning ta'minlanganligi;
rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta'lim sohasida me'yorlarni
belgilash
tajribasidan milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish.
Davlat ta'lim standarti quyidagi
tarkibiy qismlar
dan iborat:
umumiy o‘rta ta'limning tayanch o‘quv rejasi;
umumiy o‘rta ta'limning o‘quv dasturi;
umumiy o‘rta ta'limning malaka talablari;
baholash tizimi.
Umumiy o‘rta ta'limning
tayanch o‘quv rejasi
umumiy o‘rta ta'lim
muassasalarida o‘qitiladigan o‘quv fanlari nomi, o‘quv
yuklamasining minimal
hajmi hamda ularning sinflar bo‘yicha taqsimoti belgilangan hujjat hisoblanadi.
Tayanch o‘quv reja umumta'lim fanlari bo‘yicha belgilangan ta'lim mazmunini
o‘quvchiga yetkazish uchun ajratilgan o‘quv soatlari (davlat ixtiyoridagi va maktab
ixtiyoridagi soatlar)ning minimal hajmini belgilaydi.
Pedagog kadrlar salohiyati hamda moddiy-texnika bazasi yetarli bo‘lgan
umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta'limi
vazirligi, Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta'limi
boshqarmalarining ruxsati bilan umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining pedagogik
kengashlariga dars jadvalini tuzishda tayanch o‘quv rejadagi umumiy soatlar
hajmidan oshmagan holda, ma'lum bir fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish maqsadida
15%gacha o‘zgartirish kiritish huquqi beriladi.
Dostları ilə paylaş: