Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/227
tarix26.10.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#161547
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   227
-.-

malaka talablari
quyidagilardan tashkil topadi: bilim – o‘rganilgan 
ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish; ko‘nikma – o‘rganilgan bilimlarni tanish 
vaziyatlarda qo‘llay olish; malaka – o‘rganilgan bilim va shakllangan ko‘nikmalarni notanish 
vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qilish; kompetensiya — mavjud bilim, ko‘nikma 
va malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llay olish qobiliyati. 
O‘quv-metodik majmua
– darslik, mashq daftari, o‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma, 
darsliklarning multimediali ilovasidan iborat majmua. 


184 
motivatsion vazifa
– bu vazifa o‘quvchilarni ushbu fanni o‘rganishga 
yo‘naltiradigan, ularda ishga pozitiv munosabati va qiziqishini shakllantiruvchi 
rag‘bat (sabab)larni hosil qilishdan iborat; 
axborot vazifasi
o‘quvchilarga axborotlarni yetkazish, samarali usullar 
yordamida ularning bilimlari hajmini kengaytirishga imkon beradi; 
nazorat-tuzatish (mashq qilish) vazifasi
– ta'lim jarayoni, uning natijalarini 
tekshirish, o‘quvchilarda o‘zini baholash va tuzatish layoqati hamda zarur bo‘lgan 
ko‘nikma, malakalarni shakllantirish uchun o‘rganish mashqlarini tavsiya etishni 
nazarda tutadi. 
muvofiqlashtirish vazifasi
material ustida ishlash jarayonida ta'limning boshqa 
vositalari (xaritalar, ko‘rgazmali materiallar, diapozitiv va boshqalar)ni jalb etishni 
ifodalaydi; 
rivojlantiruvchi-tarbiyalovchi vazifasi
darslik mazmunining o‘quvchilarga 
ma'naviy-axloqiy ta'sir ko‘rsatishi, kitoblar bilan ishlash jarayonida ulardan 
mehnatsevarlik, faol fikrlash, ijodiy qobiliyat kabi sifatlarni shakllantirishdan 
iborat; 
o‘qitish vazifasi
darslik bilan ishlashda mustaqil bilim olish uchun zarur bo‘lgan 
konpekt yozish, umumlashtirish, asosiysini ajratib ko‘rsatish, mantiqiy eslab qolish 
kabi malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam berishida ko‘zga tashlanadi. 
Mashq daftari
– darslikning tarkibiy qismi hisoblanadigan, davlat ta'lim 
standartlariga muvofiq o‘quvchilar tomonidan egallangan bilim va ko‘nikmalarni 
mustahkamlash hamda o‘quv fanining mavzulariga mos ravishda ishlab chiqilgan
mantiq va tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan (krossvordlar, boshqotirmalar, 
mantiqiy fikrlashga undovchi topshiriqlar va hokazo) topshiriqlardan iborat 
bo‘lgan didaktik vosita. 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin