181
«Standart» ingliz tilidan tarjima qilinganda «me'yor», «namuna», «andoza»,
«model» ma'nolarini anglatadi. Standart yordamida, respublika miqyosidagi turli
ta'lim muassasalarida ta'limning barqarorlik darajasini ta'minlashga erishiladi,
o‘quv ishlari
normativlari moslashtiriladi, o‘quvchilarning bilimlarini baholash
mezonlari ishlab chiqiladi.
Davlat ta'lim standartining
vazifalari
quyidagilardan iborat:
umumiy o‘rta ta'lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
milliy, umuminsoniy va ma'naviy qadriyatlar asosida o‘quvchilarni
tarbiyalashning samarali shakllari va
metodlarini joriy etish;
o‘quv-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish, umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining o‘quvchilari va
bitiruvchilarining malakasiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta'lim, fan va ishlab chiqarishning
samarali integratsiyasini ta'minlash;
ta'lim
va uning pirovard natijalari, o‘quvchilarning malaka talablarini
egallaganlik darajasini
tizimli baholash tartibini, shuningdek ta'lim-tarbiya
faoliyati sifatini nazorat qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish;
davlat ta'lim standartlari talablarining ta'lim sifati va kadrlar tayyorlashga
qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta'minlash.
Davlat ta'lim standarti quyidagi
Dostları ilə paylaş: