176
«Kompetensiya» -
muayyan
muammo va masala, hodisa borasida shaxsning
bilim, tajriba, mutasaddilikka ega bo‘lishi va ularni
hal qilishga yetadigan
salohiyati tushuniladi[ ]
25
.
“Kompetentlik”-
voqyea-hodisalar, masalalar yechimi to‘g‘risida xabardor
bo‘lish, muayyan nufuzga ega bo‘lishni o‘zida
ifoda etadi
26
.
Ilmiy tadqiqotlarda kompetensiya
pedagogik hodisa
sifatida XX asrning 70
yillaridan e'tiboran tadqiq etila boshlandi.
Pedagogik kompetentlik
– yuksak darajadagi pedagogik faoliyatning taraqqiy
etishini,
pedagogik texnikani egallashni, shuningdek,
pedagog shaxsi, uning
tajribasi va kasbiy faoliyatidagi individuallikning yorqin ko‘rinishi
sifatida
tushuniladi.
Umumta'limiy kompetensiya shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatli produktiv faoliyatni
amalga oshirish zarur bo‘lgan real voqyelikning aniq belgilangan obektlariga
munosabatini taqozo etuvchi o‘quvchining semantik (ma'no-mazmun)
yo‘nalganligi, bilim, ko‘nikma va malakalari hamda faoliyat tajribalari majmuida
aks etuvchi ta'limiy tayyorgarlikka qo‘yiladigan talabdir.
O‘qituvchining didaktik kompetensiyasi
– zamonaviy o‘qituvchining kasbiy
kompetensiya asosini tashkil yetadi. Bular quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
-O‘qitish muhitini yaratish;
-Mavzu mazmunini yoritishni rejalashtirish;
-O‘quv jarayonini boshqarish;
-O‘quvchilarning yutuqlari va rivojlanishlarini baholash;
-O‘quvchilarga motivatsiya berish va yordam ko‘rsatish;
-O‘quvchilar bilimini rivojlantirish.
O‘quvchi uchun kompetensiya –
bu uning kelajak obrazi, o‘zlashtirish uchun
aniq mo‘ljal (orientir). Biroq maktab ta'limi davrida o‘quvchida «yuksak»
kompetensiyalarning ayrim elementlari shakllanadi, nafaqat
u kelgusi faoliyatga
1
Pedagogik atamalar lug‘ati. -Toshkent:Me’ros, 2014.-15-bet.
2
Tolkovыy slovar russkogo yazыka: V 4 t. T. 1 / Pod red. D.I. Ushakova. -Moskva: Mыsl, 2009. S.34.
177
tayyorgarlik, balki hozirgi bosqichda muvaffaqiyatli ijtimoiylashuv uchun mazkur
kompetensiyalarni umumta'limiy nuqtai nazardan o‘zlashtiradi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha umumiy
o‘rta ta'lim muassasalarida ta'lim jarayoni Davlat ta'lim standarti talablari asosida
tashkil etiladi va uning bajarilishi yuqorida ko‘rsatilgan barcha muassasalar uchun
majburiydir. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Umumiy o‘rta
ta'lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida»gi 2017 yil 15 martdagi 140-son
qarori, “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim
standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2017 yil 6 apreldagi 187-son qarori asosida
tuzilgan DTSda ko‘rsatilishicha umumiy o‘rta ta'limning
malaka talablari
umumta'lim fanlari bo‘yicha ta'lim mazmunining majburiy minimumi va yakuniy
maqsadlariga, o‘quv yuklamalari hajmiga hamda ta'lim sifatiga qo‘yiladigan
talablardan iborat bo‘lib, u quyidagilardan tashkil topadi:
Dostları ilə paylaş: