174
Zamonaviy sharoitda fan va texnika rivoji ta'lim va uning natijalariga
qo‘yiladigan talablarni tubdan o‘zgartirishni talab
etmoqda va ana shu asosdan
kelib chiqqan holda ta'lim mazmunini modernizatsiyalashni davrning o‘zi
pedagoglarning oldiga muhim vazifa qilib qo‘ymoqda. Hozirgi vaqtgacha ta'lim
mazmunini loyihalash tizimli-faoliyatli yondashuvga asoslangan bo‘lsa, umumiy
o‘rta ta'lim maktablarining maqsadini o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va
malakalarni o‘zlashtirish tarzidan o‘z-o‘zini rivojlantirishga qaratilgan
kompetensiyalarni kompetentli-faoliyatli yondashuvga
asoslanishdan kelib
chiqqan holda belgilash talab etilmoqda. Chunki umumiy o‘rta ta'lim maktablarida
tashkil etilayotgan o‘quv-tarbiya jarayonining mohiyati o‘quvchilarning ehtiyojlari
va qobiliyatlarini rivojlantirish emas, balki o‘quv fanlari bo‘yicha asosan bilimlarni
axborot-verbal tarzda yetkazish, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat
bo‘lib qolmoqda. Bunday reproduktiv tarzda o‘zlashtirilgan ma'lumotlar
o‘quvchining amaliy faoliyat tajribasini rivojlantirishga yetarlicha imkon
bermaydi. Oqibatda o‘quvchilarda juda ko‘p
axborotlarning behuda
jamg‘arilayotganligi, ta'limning samarasi past bo‘lishi va uning real voqyelikka
mos kelmasligi kabi tafovutlar ko‘zga tashlanmoqda. Aniqrog‘i, o‘quvchi real
hayotdan
uzoqlashib qolgandek, uning oldiga faqat ilgaridan to‘plangan
axborotlarnigina o‘zlashtirish maqsadi qo‘yilgandek tuyuladi. Ta'limning
maqsadini bunday tarzda belgilash o‘quvchining faolligini cheklab qo‘yadi,
oqibatda uning ham shaxsiy, ham ijtimoiy jihatdan anglangan ma'nosi yo‘qoladi.
Bunday muammoli vaziyatdan chiqishning yagona yo‘li umumiy o‘rta ta'limda
yangicha, ya'ni kompetent yondashuvni joriy etishdir. Albatta, umumiy o‘rta ta'lim
tizimiga kompetent yondashuvni joriy etish,
eng avvalo, uni ilmiy jihatdan har
tomonlama chuqur o‘rganishni taqozo etadi. Garchi umumiy o‘rta ta'lim
uchun
kompetent yondashuvni fenomen sifatida talqin etish mumkin bo‘lsada, u
pedagogika fanida chuqur anglab yetilganligi va o‘z o‘rniga ega ekanligini alohida
ta'kidlab o‘tish lozim. Ayniqsa, so‘nggi vaqtlarda ta'limga doir muammolarni tahlil
Dostları ilə paylaş: