175
etishda «kompetensiya», «kompetentlik», «tayanch kompetensiyalar» kabi
atamalardan keng foydanilmoqda. Pedagogik hamjamiyatda kompetensiya va
kompetentlik, ulardan qaysi biri tanyach (universal)
hisoblanishi, ularni
shakllantirish va baholash usullarini aniqlash jarayoni
jadallik bilan bormoqda,
mazkur tushunchalarni aniqlashtirish bo‘yicha qizg‘in munozaralar davom
etmoqda.
Kompetent yondashuv o‘quvchidan alohida-alohida bilim va ko‘nikmalarni
o‘zlashtirishni emas, balki ularni yaxlitlikda egallashni talab etadi. Mazkur talab
bilan bog‘liqlikda o‘z navbatida o‘qitish metodlarini
tanlash tizimi ham
o‘zgarishga uchraydi. O‘qitish metodlarini tanlash va amaliyotda qo‘llash o‘z
navbatida ta'lim jarayonida qo‘yiladigan talablarga muvofiq keladigan
kompetensiya va funksiyalarni takomillashtirishni talab etadi.
Yuqorida ta'kidlab o‘tilganidek, kompetent yondashuv umumiy o‘rta ta'limni
modernizatsiyalash nuqtai nazaridan yangi pedagogik voqyelik hisoblanadi.
Mazkur yondashuv doirasida
amaliy faoliyat tajribasi, kompetensiya va
kompetentlikni didaktik birliklar sifatida ko‘rib chiqish hamda ta'limning an'anaviy
uch elementi (triada) – «Bilim – Ko‘nikma – Malaka»ni oltita birlik (sikstet) –
«Bilim – Ko‘nikma – Malaka – Amaliy faoliyat tajribasi – Kompetensiya –
Kompetentlik» tarzida tahlil etilishi talab etiladi.
Umumiy o‘rta ta'limda kompetent yondashuvni tatbiq etish haqida gap ketganda,
kasbiy ta'limdan farqli ravishda «umumta'limiy kompetensiya»
tushunchasini
ta'lim amaliyotiga tatbiq etish maqsadga muvofiqdir. Chunki umumta'lim maktabi
o‘quvchisi hali ma'lum bir kompetensiyani o‘zida to‘liq aks ettira olmasa ham,
uning ayrim komponentlarini amalga oshirishga qodirdir.
Dostları ilə paylaş: