Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich


Ta'limda onglilik, faollik va mustaqillik tamoyili



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/227
tarix26.10.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#161547
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   227
-.-

Ta'limda onglilik, faollik va mustaqillik tamoyili
o‘qitishni shunday tashkil 
etishni nazarda tutadiki, bunda o‘quvchilar ilmiy bilimlarni hamda ularni amalda 
qo‘llash usullarini ongli va faol egallab olishlari lozim. Bilimlarni ongli ravishda 
o‘zlashtirish quyidagi omil va shartlarga bog‘liq: o‘quv motivlari, o‘quvchilarning 
faollik darajasi, o‘quv-tarbiyaviy jarayonning samarali tashkil etilishi, o‘qituvchi 
tomonidan qo‘llanuvchi ta'lim metodlari va vositalarining samaradorligi va 
boshqalar. O‘quvchilarning faolliklari reproduktiv va ijodiy xarakterga ega bo‘lishi 
mumkin. Mazkur tamoyil o‘quvchilarning tashabbuskorliklari va mustaqil 
faoliyatlarini nazarda tutadi.
Ta'limda ko‘rsatmalilik tamoyili
o‘qitish jarayoni sifatini oshiradi
o‘quvchilarning bilim olishlarini osonlashtiradi. Ya.A.Komenskiy uni 
didaktikaning «oltin qoidasi» deb atagan. Unga binoan ta'limda inson sezgi 
orgalaridan foydalanish kerak. «Agarda biz o‘quvchilarda haqiqiy va aniq bilimlar 
paydo qilishni istasak, unda biz umuman hamma narsaga shaxsiy kuzatish va sezib 
ko‘rish bilan ta'limga intilishimiz kerak – deb ta'kidlaydi u – agarda qandaydir 
predmetni baravariga bir necha sezgi organlari bilan qabul qilish mumkin bo‘lsa, 
mayli ular baravariga bir necha sezgilari bilan o‘rganilsin».
Tajribalar asosida o‘rganilayotgan narsani namoyish etish va jarayon mohiyatini 
hikoya qilib berish o‘zlashtirish darajasini birmuncha oshiradi. Xususan, 
axborotlarni eshitib qabul qilish samarasi 15%, ko‘rib qabul qilish esa – 25%ni 
tashkil etadi. Ta'lim jarayonida, ularni bir vaqtda ishtirok etishi natijasida 
ma'lumotlarni qabul qilish samaradorligi 65 % gacha ortadi. 
Ko‘rgazmalilikdan o‘quv jarayoni barcha bosqichlarida foydalanish mumkin: 
yangi materialni o‘zlashtirish, uni mustahkamlash, mashqlarni tashkil qilish hamda 
o‘quvchilarning dastur materiallarini o‘zlashtirishlarini tekshirish va baholashda. 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin