Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/227
tarix26.10.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#161547
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   227
-.-

ta'lim mazmunini belgilashda
 
ta'limning ijtimoiy ehtiyojlari va maqsadlari; 
ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyot sur'ati; o‘quvchilarning yoshi imkoniyatlari; 
ta'lim nazariyasi va amaliyotining rivojlanish darajasiga asoslaniladi
ta'limning sifati
avvalgi bosqich mahsuldorligi va hozirgi bosqichda erishilgan 
natijalar; o‘rganilayotgan material xususiyati va hajmi; o‘quvchilarga tashkiliy-
pedagogik ta'sir ko‘rsatish: o‘quvchilarning bilim olishga qobiliyatlari va ta'lim 
vaqtiga bog‘liq; 
ta'lim metodlari samaradorligi
ta'lim maqsadiga; o‘quvchilarning yoshi, ta'lim 
olish imkoniyatlariga; ta'lim muassasasining moddiy-texnik ta'minotiga bog‘liq; 


166 
ta'limni boshqarish samaradorligi
ta'lim tizimida qayta aloqalarning 
intensivligi va korrektsiyaga, ta'sir ko‘rsatishning asoslanganligiga bog‘liq; 
ta'limda rag‘batlantirish samaradorligi
ichki va tashqi stimullarning o‘zaro 
uyg‘unligiga bog‘liq. 
Shuningdek, pedagogikada ta'limning xususiy qonuniyatlari ham mavjud: 
gnoseologik:
ta'lim natijalari o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘nikmalariga; ta'lim 
samaradorligi o‘quvchilarning o‘quv faoliyati hajmiga; bilim va ko‘nikmalarni 
o‘zlashtirish samaradorligi ularning amalda qo‘llanilishiga; o‘quvchilarning aqliy 
rivojlanishi o‘zaro aloqador bilim, ko‘nikma va malakalarning o‘zlashtirilish 
hajmiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq; 
psixologik:
ta'lim samaradorligi o‘quvchilarning o‘quv faoliyatiga qiziqishiga; 
fikrlash darajasi, kuchi, jadalligi va o‘ziga xosligiga; xotiraning rivojlanganlik 
darajasiga; bilish faolligi darajasiga bevosita bog‘liq; 
kibernetik:
ta'lim samaradorligi qayta aloqalarning tezligi va hajmiga; 
bilimlarning sifati nazoratning to‘g‘ri olib borilishiga; ta'lim sifati o‘quv jarayonini 
boshqarish sifatiga; boshqaruvning samaradorligi boshqaruvga doir axborotlarning 
soni va sifatiga bevosita bog‘liq; 
sotsiologik:
individning rivojlanishi u bevosita va bilvosita muloqotda 
bo‘ladigan individlarning rivojlanishiga; ta'lim samaradorligi «intellektual 
muhit»ning mavjud holatiga, o‘zaro bir-biriga o‘rgatishning jadalligiga; o‘qituvchi 
va o‘quvchilar muloqotining sifatiga bevosita bog‘liq; 
tashkiliy:
ta'lim natijasi o‘quvchining o‘quv mehnatiga, o‘zining o‘quv 
majburiyatlariga 
munosabatiga; 
o‘quvchining 
ishchanlik 
qobiliyatiga; 
o‘quvchilarning aqliy faolligini oshirish o‘quv mashg‘uloti jadvalining tuzilishi
unda jismoniy tarbiya va mehnat mashg‘ulotlarining joylashtirilishiga bevosita 
bog‘liq.

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin