167
Ta'limni insonparvarlashtirish
–
uning mazmuni, tamoyillari,
shakl va
metodlarini yangilash, ularning o‘zaro aloqasi va birligini ta'minlash orqali shaxsni
har tomonlama shakllantirish va rivojlantirishga yo‘naltirishdir.
Shaxsning rivojlanishi va o‘quvchilarning ijtimoiy ahamiyatga ega sifat va
qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan ta'limning
insonparvarlik mazmuniga
yaqinlashish, ularni hayotda faol ishtirok etishga jalb etish,
uning bilish bilan
qo‘shiluvi va madaniyatni o‘zlashtirishi hamma-hammasi so‘nggi yillarda sezilarli
shakllandi. Mazkur yo‘nalishda so‘nggi yillarda tarbiyalanuvchilar ongidagi
aldam-qaldamlik, ularning xulq-atvorini haddan tashqari qat'iy
belgilash, ularga
qattiq ta'sir etish, tanqidiy fikrlash tarziga ega bo‘lmagan qarashlardan voz kechish
yordamida ko‘plab innovatsiyalar yo‘naltirildi. Bunday aqidaparastlikka qarama-
qarshi o‘laroq, milliy va chet el pedagogikasida tarbiyalanuvchi shaxsini hurmat
qilishga yo‘naltirilgan, unda
mustaqillikni shakllantiruvchi, tarbiyachi va
tarbiyalanuvchilar
orasida insonparvar, ishonchga asoslangan munosabatlarni
tarkib toptirish
qoidalaridan foydalanish, «ta'limni insonparvarlashtirish», ya'ni
insonparvarlik tamoyili yuzaga chiqadi. Bunday asosga qurilgan ta'lim esa, shaxsga
yo‘naltirilgan ta'lim deb nomlanadi.
Ta'limning tabiat bilan uyg‘unligi tamoyili.
Ya.A.Komenskiy tomonidan
fanga kiritilgan bo‘lib, tabiatda hayot bahordan boshlangani kabi ta'lim
olish
jarayoni uchun eng qulay davr bolalik ekanligi g‘oyasiga asoslanadi.
O‘quvchilarga ularning yosh davrlarini inobatga olgan holda bilimlarning berilishi
ushbu bilimlarning ular uchun tushunarli bo‘lishini ta'minlaydi. Umuman olganda,
ta'lim jarayoni bolaning rivojlanishi, ya'ni tabiati bilan uyg‘un bo‘lishi lozim.
Dostları ilə paylaş: