Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/227
tarix26.10.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#161547
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   227
-.-

Ta'lim 
mazmunining 
muntazamliligi 
tamoyili. 
Ushbu 
tamoyil 
o‘rganilayotgan bilimlar va shakllantirilayotgan malakalar va kompetentsiyalarni 
yagona tizimdagi o‘rni, umumiy o‘rta ta'lim, barcha o‘quv kurslari va yaxlit 
mazmunning bir-biriga hamda umuminsoniy, milliy madaniyat tizimi 
aloqadorlikda ko‘rib chiqishni ko‘zda tutadi. 
Ta'lim mazmunining o‘quvchilar yosh xususiyatlariga mosligi tamoyili. 
Mazkur tamoyil ta'lim mazmunini loyihalashda o‘quvchilarning yosh xususiyatlari 
va tayyorgarlik darajasini hisobga olishni ko‘zda tutadi. Ma'lum bir yosh davriga 
mos bilim, ko‘nikma, malaka va kompetentsiyalar tizimi ta'lim mazmunida aks 
ettiriladi. 
Ta'lim mazmunini loyihalashtirishda quyidagi 
mezon
larga asoslaniladi: 
ta'lim mazmunini mustaqil fikr yuritish va axborot iste'moli madaniyatini 
shakllantirish ehtiyojiga muvofiq loyihalashtirish; 
ta'lim mazmunining aniq ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etishi; 
ta'lim mazmunining murakkablik darajasini hisobga olish, o‘quvchilar 
imkoniyatlarining mavjud o‘quv dasturlariga mosligi; 
ta'lim hajmining uni o‘rganishga ajratiladigan vaqtga mosligi; 
ta'lim muassasalari moddiy-texnik bazasining zamonaviy talablarga javob 
berishi; 
ta'lim mazmunini loyihalashda ilg‘or xorijiy tajribalarni hisobga olish. 
Ta'lim mazmunini belgilovchi me'yoriy hujjatlar. 
Ta'lim mazmunini 
belgilab beruvchi eng asosiy me'yoriy hujjat Davlat ta'lim standartidir. O‘quv reja, 
o‘quv dasturi, malaka talablari uning tarkibiy qismiga kiradi. 


181 
«Standart» ingliz tilidan tarjima qilinganda «me'yor», «namuna», «andoza», 
«model» ma'nolarini anglatadi. Standart yordamida, respublika miqyosidagi turli 
ta'lim muassasalarida ta'limning barqarorlik darajasini ta'minlashga erishiladi, 
o‘quv ishlari normativlari moslashtiriladi, o‘quvchilarning bilimlarini baholash 
mezonlari ishlab chiqiladi.
Davlat ta'lim standartining 
vazifalari 
quyidagilardan iborat: 
umumiy o‘rta ta'lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash; 
milliy, umuminsoniy va ma'naviy qadriyatlar asosida o‘quvchilarni 
tarbiyalashning samarali shakllari va metodlarini joriy etish; 
o‘quv-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini joriy etish, umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining o‘quvchilari va 
bitiruvchilarining malakasiga qo‘yiladigan talablarni belgilash; 
kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta'lim, fan va ishlab chiqarishning 
samarali integratsiyasini ta'minlash; 
ta'lim va uning pirovard natijalari, o‘quvchilarning malaka talablarini 
egallaganlik darajasini tizimli baholash tartibini, shuningdek ta'lim-tarbiya 
faoliyati sifatini nazorat qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish; 
davlat ta'lim standartlari talablarining ta'lim sifati va kadrlar tayyorlashga 
qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta'minlash. 
Davlat ta'lim standarti quyidagi 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin