Darsga qo‘yiladigan talablar.
Har bir dars quyidagi uchta asosiy vazifani hal
etishga yo‘naltiriladi:
o‘qitish, tarbiyalash, rivojlantirish.
Ana shuni hisobga olib
darsga didaktik, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi talablar qo‘yiladi.
Didaktik (yoki ta'lim)iy talablarga
har bir darsning ta'lim vazifalarini aniq
belgilash, darsni axborotlar bilan boyitish, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarni hisobga
olish bilan mazmunini optimallashtirish, idrok etish eng yangi texnologiyalarini
kiritish, turli xildagi shakl, metodlar va vositalardan mos ravishda foydalanish, dars
tuzilishini shakllantirishga ijodiy yondashish, jamoaviy faoliyat usullari bilan birga
o‘quvchilar mustaqil faoliyatlarini turli shakllaridan birga foydalanish, operativ
qayta aloqani ta'minlash, amaliy nazorat va boshqaruvni amalga oshirish, ilmiy
mo‘ljal va darsni mahorat bilan o‘tkazishni ta'minlash kabilar kiradi.
Darsga nisbatan qo‘yiladigan
tarbiyaviy talablar
o‘quv materialining
tarbiyaviy imkoniyatlarini aniqlash, darsdagi faoliyat, aniq erishilishi mumkin
bo‘lgan tarbiyaviy maqsadlarni shakllantirish va qo‘yish, faqat o‘quv ishlari
maqsadlari va mazmunidan tabiiy ravishda kelib chiqadigan tarbiyaviy masalalarni
belgilash, o‘quvchilarni umuminsoniy qadriyatlarda tarbiyalash, hayotiy muhim
sifatlar (tirishqoqlik, tartiblilik, masuliyatlilik, intizomlilik, mustaqillik,
uquvchanlilik, e'tiborlilik, halollik va boshqalar)ni shakllantirish, o‘quvchilarga
diqqat-e'tiborli munosabatda bo‘lib, pedagogik odob talablariga amal qilish,
o‘quvchilar bilan hamkorlik va ularning muvaffaqiyat qozonishlaridan manfaatdor
bo‘lishdan iborat.
Barcha darslarda doim amalga oshirilib boriladigan
rivojlantiruvchi
talablarga
o‘quvchilarda o‘quv-bilish faoliyati ijobiy sifatlari, qiziqish, ijodiy
tashabbuskorlik va faollikni shakllantirish hamda rivojlantirish, o‘quvchilarning
idrok etish imkoniyatlari darajasini o‘rganish, hisobga olish, «rivojlanishning yaqin
zonasini loyihalashtirish», «o‘zib ketish» darajasidagi o‘quv mashg‘ulotlarini
tashkil etish, rivojlanishidagi yangi o‘zgarishlarni rag‘batlantirish, o‘quvchilarning
intellektual, emotsional, ijtimoiy rivojlanishlaridagi «sakrash»larni oldindan ko‘ra
193
bilish, boshlanayotgan o‘zgarishlarni hisobga olish asosida o‘quv mashg‘ulotlarini
operativ qayta qurish kabilar kiradi.
Dostları ilə paylaş: |