190
XIII asrda birinchi universitetlar paydo bo‘lishi bilan
ta'limning ma'ruza-
seminar tizimi
yuzaga kela boshladi. U yaratilgan paytdan beri hali deyarli hyech
bir katta o‘zgarishlarga ega emas. Ma'ruza, seminar, amaliy va laboratoriya ishlari,
konsultatsiya va tanlagan kasbi bo‘yicha amaliyot
hozirgacha leksiya-seminar
tizim sifatida o‘qishning asosiy shakllaridan biri bo‘lib kelmoqda. Leksiya-seminar
tizimi o‘zining sof ko‘rinishida oliy va oliy maktabdan keyingi ta'lim amaliyotida
qo‘llaniladi.
Dars – ta'limni tashkil etishning asosiy shakli.
Dars bevosita o‘qituvchi
rahbarligida aniq belgilangan vaqt davomida muayyan o‘quvchilar guruhi bilan
olib boriladigan ta'lim jarayonining asosiy shakli sanaladi. Darsda har bir o‘quvchi
xususiyatlarini
hisobga olish, barcha o‘quvchilarning mashg‘ulot jarayonida
o‘rganilayotgan fan asoslarini egallab olishlari, ularning idrok etish qobiliyatlari va
ma'naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalash hamda rivojlantirish uchun qulay sharoitlar
yaratiladi.
Dars ta'limning boshqa shakllaridan farq qiluvchi o‘ziga
xos belgilariga ega,
chunonchi: o‘quvchilarning doimiy guruhi, o‘quvchilar
faoliyatiga ularning har
biri xususiyatlarini hisobga olish bilan rahbarlik qilish, o‘rganilayotgan fan
asoslarini bevosita darsda egallab olish (bu belgilari
darsning faqat mazmunini
emas, balki o‘z xususiyatini ham aks ettiradi).
Dostları ilə paylaş: