196
3.
Ta'lim metodlarining mohiyati va mazmuni
Tayanch tushunchalar:
metod, ta'lim metodi, ta'lim usuli, qoida, interfaol
metod, metodika, texnologiya, didaktik vosita, ta'limning texnik vositalari
.
Metod, usul va texnologiya. Ta'lim metodi
tushunchasi
anchagina
murakkabdir. Shu bois pedagogikada uning tobora aniq talqini xususida
munozara
haligacha davom etmoqda. Biroq bu tushunchaga beriladigan
didaktlarning turli
ta'riflariga qaramay, ularning nuqtai nazarlarini yaqinlashtiradigan
qandaydir
umumiylikni ham ta'kidlash mumkin. Ko‘pchilik mualliflar ta'lim
metodini
o‘quvchilarning o‘quv bilish faoliyatini
tashkil etish usuli,
deb hisoblashga
moyildir.
Shu qoidani boshlang‘ich
nuqta bilib, mazkur
tushunchani yanada batafsil
ko‘rib chiqish va uning ilmiy ta'rifiga kelishga harakat qilamiz.
Metod
so‘zi yunoncha tadqiqot, maqsadga erishish yo‘li, usuli deganidir. Metod
– eng umumiy ma'noda – maqsadga erishish usuli, ma'lum tarzda tartibga solingan
faoliyat. Ko‘rinadiki, bu o‘rinda ham o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va u tashkil
etgan o‘quvchilarning faol o‘quv-bilish faoliyati uyg‘unlashadi.
Didaktikada, shuningdek, ta'lim usullari atamasi ham keng qo‘llanadi.
Dostları ilə paylaş: