Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/227
tarix26.10.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#161547
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   227
-.-

Ta'lim vositalari.
Ta'lim metodlari ta'lim vositalari bilan birgalikda qo‘llaniladi. 
Ta'lim vositalari – bu yangi bilimlarni o‘zlashtirish uchun o‘qituvchi va o‘quvchilar 
tomonidan foydalaniladigan obekt. Ta'lim vositalari katta ahamiyatga ega. 
Ta'limning barcha vositalari ta'lim maqsadlarini muvafaqqiyatli amalga oshiradi.
Ta'lim vositalari o‘zida o‘quv-tarbiyaviy maqsadga erishish uchun zarur bo‘lgan 
moddiy yoki ma'naviy qadriyatlarni aks ettiradi. Odatda ular ta'lim metodlariga 
mos holatda foydalaniladi. Biroq agar metodlar «qanday o‘qitish» savoliga javob 
bersa, vositalar esa, «uning yordamida nimani o‘qitish» savoliga javob beradi. 
An'anaviy ravishda qo‘laniladigan ta'lim vositalariga darslik, rasmlar, jadvallar, 
nutq, o‘quv-ustaxonasi jihozlari, laboratoriyalar, axborot vositalari, o‘quv 
jarayonini tashkil etish va boshqarish vositalari kiradi. 
Didaktik vositalar metodlar singari ta'limiy, tarbiyaviy va rivoj-lantiruvchi 
funksiyalarni bajaradi. Bundan tashqari o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini 
hosil qilish, boshqarish va nazorat qilish vazifalarini bajaradi. 
Didaktik vositalar audivizuallik tafsilotida motivatsion, axborot, ta'lim 
jarayonini boshqarish, optimallashtirish funksiyalarini bajaradi. 
Fanni o‘qitish bilan bog‘liq holda ta'lim vositasi tanlanadi. O‘qituvchi o‘zining 
ixtiyori bo‘yicha ko‘rgazmali material, o‘quv qo‘llanmadan foydalanishi mumkin. 
Ta'lim vositasini qo‘llashning yana bir jihati albatta ta'lim jarayonining tarkibiy 
qismi sifatida aks ettirishidir. 
Ta'lim vositasini tanlab olish ta'lim metodini tanlash bilan bog‘liq. Agar 
ta'limning faol metodi(kitob bilan ishlash, mashqlar) foydalanilsa, u holda o‘quv 
qo‘llanmalari, darsliklar va ta'limning texnik vositalaridan foydalaniladi. Aynan 
ta'limning aktiv-texnik vositalari amaliy metodlarda foydalaniladi. 
Didaktik vositalar
deganda, o‘quv va ko‘rgazmali qo‘llanmalar, namoyishli qurilmalari
texnik anjomlar tushuniladi.


206 
Ta'limning passiv(sust) metodlari(o‘quvchilar eshitadi, ya'ni hikoya, ma'ruza, 
tushuntirish, ekskursiya) ta'limning ko‘rgazmali vositalaridan foydalaniladi. 
Ta'limning ko‘rgazmali vositalari pedagogning o‘zi tomonidan tuzilgan bo‘lishi 
mumkin. 
Vositalarning istalgan turidan foydalanishda o‘lchov va mutanosiblikka e'tibor 
berish kerak. Masalan, ko‘rgazmali vositalarning soni yetarli bo‘lmasligi 
bilimlarning sifatiga ta'sir ko‘rsatadi, bilishga qiziqishni pasaytiradi, obrazli idrok 
etishni rivojlantirmaydi. Ulardan haddan tashqari foydalanish o‘quvchilarning 
o‘rganilayotgan fanga yengil-yelpi qara-shiga olib keladi. Murakkab mavzularni 
o‘rganishda 4–5 demonstratsiya opti-mal hisoblanadi. 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin