Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/227
tarix26.10.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#161547
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   227
-.-

Yozma tekshirish
– o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat 
qilish va baholashning eng samarali usullaridan biri bo‘lib, ularning ijodiy 
qobiliyatlarini baholash imkonini beradi. Mazkur usulning mohiyati shundaki
O‘quvchilarning o‘quv faoliyatini nazorat qilish
 
metodlari quyidagilar: og‘zaki tekshirish
yozma tekshirish, amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan tekshirish, uy vazifalarini 
tekshirish.


222 
o‘qituvchi alohida mavzu yoki o‘quv dasturining ma'lum bo‘limini o‘tib 
bo‘lganidan so‘ng oz vaqtning ichida barcha o‘quvchilarni tekshirishi mumkin. 
Yozma tekshirish nazorat ishi, insho, bayon, diktant yordamida olib boriladi. 
Ammo o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida bevosita aloqaning yo‘qligi sababli uning 
fikrlashini kuzatish imkoni bo‘lmaydi. 
Amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan tekshirish
.
Bajarilayotgan 
amaliy harakatlar (sport, mehnat harakatlari)ning to‘g‘riligini kuzatish yoki olingan 
natijalarga tayanishdan iborat bo‘lishi mumkin. Amaliy tekshirish tabiiy-
matematik sikldagi fanlardan o‘quvchilarning o‘zlashtirishini hisobga olishda keng 
foydalaniladi. Bu usul yordamida o‘quvchilarning olgan bilimlarini amaliyotda 
qo‘llay olish malakasi aniqlanadi. 
Uy vazifasini tekshirish
. O‘quvchilarning o‘zlashtirishini nazorat qilish uchun 
ulardan uyga berilgan vazifalarni bajarishini tekshirish katta ahamiyatga ega. Uy 
vazifalarini tekshirish o‘qituvchiga o‘quvchilarning o‘quv ishiga bo‘lgan 
munosabatini, o‘rganilgan materialni qanchalik egallaganligini, uy vazifalarini 
bajarishdagi mustaqillik darajasini aniqlashga imkon beradi. 
O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalari va kompe-tentsiyalarini 
baholash mezonlari
. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalari va 
kompetentsiyalarini baholash mezonlari hamma vaqt bahstalab mavzu bo‘lib 
kelgan. Chunki u o‘quv adabiyotlarda turlicha yoritilgan. Biroq mavjud qarashlarni 
umumlashtirib aytish mumkinki, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalari va 
kompetentsiyalarini baholash mezonlari har bir fanning maqsad va vazifalariga, 
shuningdek, sinf (guruh)dagi o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasiga tayangan 
holda belgilanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib shunday xulosa chiqarish mumkin: 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin