ularning qisqacha tavsifi
№ Pedagogik diagnostika
metodlari
TASNIFI
(KLASSIFIKATSIYA)
Pedagogik diagnostika
metodlari
TAVSIFI
(XARAKTERISTIKA)
Pedagogik
diagnostika
prinsiplari
1
TeSTLAR:
Ana'naviy testlar:
1)Normalarga
yo‘naltirilgan
(aniqlovchi, yordamchi,
alternativ);
2)Normalarga mezonlar
bo‘yicha yo‘naltirilgan
(tanlov asosida tuzilgan,
solishtirish
asosida
tuzilgan, aralash, tartibni
aniqlash va h.k.)
Noan'anaviy testlar
:
A)Bashoratlash
B)Tashxislovchi
Ana'naviy tushuncha
sifatida:
Stantdartlashgan
topshiriqlar majmui.
Noan'anaviy tushuncha
sifatida:
tashxislanayotgan
pedagogik jarayonlarning
ob'ektivligini ta'minlash,
qisqa muddat ichida katta
hajmdagi axborotni
qo‘lga kiritish, validlikka
erishish,
reprezentativligini
ta'minlashga
mo‘ljallangan o‘lchov
Validlik
(lotin tilida:
“validus”- asoslangan)
Frontal (ommaviy),
individual, jamoaviy
Qo‘llanilish
212
S)Teskari
aloqa
o‘rnatish
Pedagogik
jamoada
(individual,
guruhli,
aralash
2
KUZATISH
Ma'lum pedagogik
voqyea-hodisani ilmiy
asoslangan faktlar asosida
o‘rganish
Qo‘llanilish
sohasi: individual,
guruhli, jamoaviy
Real pedagogik voqyea-
hodisani raqamli tizimlar
asosida o‘lchash, empirik
ma'lumotlarning
sifatli
xususiyatlarini miqdoriy
o‘lcham bilan bog‘liqda
o‘zgaruvchanligini
o’rganish
SHKALALASH -
(ingliz
tilida:
“scaling”-
“masshtabni aniqlash”)
o‘lchov birligi)
1)pedagogik
hodisaning
raqamli
tizim asosida tashqi
tuzilishini o‘rganuvchi
(baholash asosida)
2)pedagogik
hodisaning raqamli
tizim asosida ichki
tuzilishini
o‘rganuvchi(
qadriyatlar,
ustanovkalar asosida
aniqlash”)
o‘lchov
birligi)
213
3)pedagogik
hodisaning
raqamli
tizim asosida tashqi
tuzilishini o‘rganuvchi
(baholash asosida)
4)pedagogik
hodisaning
raqamli
tizim asosida ichki
tuzilishini
o‘rganuvchi(
qadriyatlar,
ustanovkalar aso
1
BASHORAT
(prognoz)
Qo‘llanilish sohasi:
pedagogik
jamoada
(individual,
guruhli,
aralas)
Ilmiy asoslangan model.
Ta'lim-tarbiya
jarayonlarining
rivojlanish tendensiyalari,
istiqbollarini
rejalashtirish. Ilmiy
asoslangan dalillar
asosida kelajakda sodir
etilishi mo‘ljallanayotgan
istiqboliy rejalarni ilmiy
ravishda asoslash,
oldindan bilish
xolislik (obektivlik),
tizimlilik
(sistemalilik),
ko‘rgazmalilik
(oshkoralik)
2
SOLIShTIRISH
(tartib bo‘yicha)
Individual, jamoaviy,
guruhli, aralas
O‘rganilayotgan ob'ekt,
predmet, pedagogik
hodisalarning borliq, real
hayotga mosligini
xolislik (obektivlik),
tizimlilik
(sistemalilik),
214
aniqlovchi, ular
to‘g‘risida ishonchli
nazariy bilimlarga ega
bo‘lish. Masalan, bilim,
ko‘nikma, malaka,
kompetensiyalarning,
o‘zlashtirilganligi,
shakllanganlik darajasini
solishtirish. Yoki
ma'naviy-axloqiy sifatlar:
vatanparvarlik,
insonparvarlik,
tolerantlik, kamtarinlik,
va boshqalarning
shakllanganlik darajasini
va h.k.larni aniqlashga
mo‘ljallangan metod.
ko‘rgazmalilik
(oshkoralik)
3
Qo‘shimcha tashxislash
davrining bir xil
pedagogik sharoitida
takroriy natijalarning
barqarorligini
ta'minlashga
mo‘ljallangan pedagogik
o‘lchov
ANIQLIK
Guruhli, individual,
jamoaviyh
4
INTERPRETATSIYA
Tashxislanayotgan
pedagogik hodisalarni
pedagogik g‘oyalar,
xolislik
(obektivlik),
tizimlilik
(sistemalilik),
215
(lotin
tilida:
“interpretation”- talqin
qilish tushuntirish)
Qo‘llanilish
sohasi:
individual,
aralash,
jamoaviy
nazariyalar, qarashlar
asosida o‘rganish,
aniqlash (Masalan,
kognitiv, geshtalt,
aksiologik pedagogik
nazariyalar asosida,
o‘rganish, talqin qilish,
aniqlash).
ko‘rgazmalilik
(oshkoralik)
Tashxislanayotgan
pedagogik hodisalarning
muayyan tartib asosida
joylashganligini,
reytingini, o‘rnini
aniqlash, jarayonlar
dinamikasini ko‘rsatishga
mo‘ljallangan pedagogik
o‘lchov
RANJIROVKA
Kombinatsiyalashgan
aralash, individual,
jamoaviy
Tashxissiz didaktik jarayonni samarali boshqarish, mavjud sharoit uchun
optimal natijalarga erishish mumkin emas.
Didaktik tashxislashning
maqsadi
o‘quv jarayonida kechadigan barcha
jihatlarni uning mahsuli bilan bog‘liq holda, o‘z vaqtida aniqlash, baholash va tahlil
qilishdan iborat.
O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish, baholash
tashxislashning zaruriy tarkibiy qismlari sanaladi.
Diagnostika
(tashhis) nazorat, tekshirish, baholash, statistik ma’lumotlar to‘plash, ularni
tahlil qilish, dinamika, tendensiyalarni aniqlash, voqealarning keyingi rivojini taxminlashni
o‘z ichiga oladi.
216
Ta'lim jarayonida nazorat va hisobga olish, ularning vazifalari. Ta'lim
jarayonining muhim tarkibiy qismlaridan biri – nazorat va hisobga olishdir. Bu
tushunchalar o‘ziga xos mohiyat va xususiyatlarga ega. O‘qituvchi nazorat va
hisobga olishni to‘g‘ri tashkil etsa, ta'lim jarayonining samaradorligi ortadi. Buning
uchun o‘qituvchi o‘quvchining o‘quv materiallarini o‘zlashtirish darajasini aniqlab
borishi lozim.
Tekshirish – nazoratning tarkibiy qismi bo‘lib, uning asosiy didaktik vazifasi
o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida aks aloqani ta'minlash, pedagog tomonidan
o‘quv materialini o‘zlashtirish haqida obektiv axborot olinishi hamda bilimlardagi
kamchilik va nuqsonlarni o‘z vaqtida aniqlashdir. Tekshirishning maqsadi nafaqat
o‘quvchining bilim darajasi, sifati, balki uning o‘quv mehnati hajmini ham
aniqlashdan iborat.
O‘quvchilarning bilim va malakalarini tekshirish quyida ko‘rsatilgan mantiqiy
ketma-ketlikda olib borilishi kerak:
Tekshirish tizimidagi
birinchi bo‘g‘in
ta'lim oluvchilarning bilim darajasini
oldindan aniqlash hisoblanadi. Odatda, u o‘quv yili boshida o‘quvchilar tomonidan
avvalgi o‘quv yilida o‘zlashtirilgan bilimlari darajasini aniqlash maqsadida
o‘tkaziladi. Bu kabi tekshirish, shuningdek, o‘quv yilining o‘rtasida yangi bo‘lim
(kurs)ni o‘rganishga kirishilganda ham o‘tkazilishi mumkin va o‘rinli bo‘ladi.
Bilimlarni tekshirishning
ikkinchi bo‘g‘ini
har bir mavzuni o‘zlashtirish
jarayonidagi joriy tekshirishdir. Joriy tekshirish ta'lim oluvchilar tomonidan o‘quv
dasturida belgilangan ayrim alohida elementlarni o‘zlashtirish darajasini
tashxislash imkonini beradi. Mazkur tekshirishning asosiy vazifasi o‘rgatishdir.
Bunday tekshirishning shakl va metodlari turlicha bo‘lib, ular o‘quv materiali
mazmuni, murakkabligi, o‘quvchilarning yoshi va tayyorgarligi, ta'lim bosqichi va
maqsadlari, muayyan pedagogik sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi.
Nazorat (ta’lim jarayonida) ta’lim oluvchining bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini
aniqlash, o‘lchash va baholash jarayonini anglatadi. Aniqlash va o‘lchash esa tekshirish deb
ataladi.
217
Takroriy tekshirish
bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirishning uchinchi
bo‘g‘ini sanalib, joriy tekshirish kabi mavzuli bo‘lishi mumkin. Yangi mavzuni
o‘rganish bilan birga o‘quvchilar avval o‘rganilganlarni takrorlaydilar. Takroriy
tekshirish bilimlarni mustahkamlashga ko‘maklashadi, biroq o‘quv ishlari
bosqichini tavsiflash, bilimlarni o‘zlashtirish mustahkamligi darajasini tashxislash
imkonini bermaydi. Ushbu tekshirish tashxisning boshqa turlari va metodlari bilan
birga qo‘llanilsagina kutilgan samarani beradi.
Tizimning
to‘rtinchi bo‘g‘ini
o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini
yaxlit bo‘lim yoki kursning alohida mavzusi bo‘yicha davriy tekshirish
hisoblanadi. Mazkur tekshirishning maqsadi – kursning turli qismlarida
o‘rganilgan o‘quv materialining strukturaviy elementlari o‘rtasidagi o‘zaro
aloqalarni o‘zlashtirish sifatini tashxislash. Davriy tekshirishning asosiy vazifasi –
tizimlashtirish va umumlashtirish.
Tekshirishni tashkil etishda
beshinchi bo‘g‘in
ta'lim oluvchilarning ta'lim
jarayonining barcha bosqichlarida egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarini
yakuniy tekshirish va hisobga olishdir. O‘zlashtirishning yakuniy hisobi har bir
chorak va o‘quv yili oxirida o‘tkaziladi. U olingan baholarni qo‘shib, o‘rtacha
arifmetik ballni mexanik tarzda chiqarishdangina iborat bo‘lmasligi lozim. Bu,
avvalo, mazkur bosqichda belgilangan maqsadga muvofiq tarzda amaldagi ta'lim
olganlik darajasi (sifati)ni tashxislashdir.
Tekshirishdan tashqari nazorat o‘z ichiga baholashni (jarayon sifatida) va
bahoni (natija sifatida) ham oladi.
O‘zlashtirish tabellari, sinf, guruh jurnallari, reyting daftarchalari va shu
kabilarda baholar shartli belgilar, kod signallari, xotiralash belgilari va xokazolar
baho ko‘rinishida qayd etiladi. O‘quvchining o‘zlashtirish darajasini baholash
uchun nazorat yakunlari (natijalari) asos bo‘ladi. Bunda o‘quvchilar ishining ham
sifat, ham miqdor ko‘rsatkichlari hisobga olinadi.
O‘qituvchi o‘qitish bilan bir vaqtda o‘quvchilarning o‘rganilayotgan mavzuni
qanday qilib idrok etishini, esda saqlashga harakat qilishini va uni amalda qo‘llash
malakalarini egallashini hisobga olib borishi kerak.
218
Hisobga olish natijasida o‘qituvchi ham, o‘quvchi ham o‘zlarining keyingi
bajaradigan ishlarining shaklini va mazmunini belgilaydi. O‘zlashtirishni hisobga
olish o‘quvchilarning bilish faoliyatini rag‘batlantirib, ma'lum bir harakatlarni
bajarish uchun uning irodasini tarbiyalaydi. Shuningdek, o‘zlashtirishni hisobga
olish o‘qituvchining faoliyatini ham tashkil etadi. O‘qitish metodlari va
shakllarining tabora takomillashuvi natijasida baho o‘qituvchining pedagogik
mahorati ko‘rsatkichiga aylanmoqda va o‘qituvchining o‘z malakasini oshirib
borishida muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
Nazorat qilish vazifasi o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini
aniqlash va baholashdan iborat. Bu o‘quv materiallarini o‘rganishning keyingi
bosqichiga o‘tish imkoniyatlarini aniqlashtiradi hamda o‘qituvchining o‘quv
metodlarini va usullarini to‘g‘ri tanlaganini nazorat qiladi. Nazorat qilish vazifasi
o‘quv materiallarini o‘rganishning maqbul yo‘llarini topish bilan bog‘liqdir.
O‘qitish vazifasi
o‘quvchilarning bilimini tekshirishda aniq ko‘rinadi. Yangi
mavzuni mustahkamlash jarayonida yoki uy vazifalarini tekshirishda
o‘quvchilarning o‘tilgan mavzuni takrorlashga, ular uchun tushunarsiz bo‘lgan
ma'lumotlarni bilib olishlariga imkon tug‘iladi.
Nazoratning tarbiyalash vazifasi shundan iboratki, o‘quvchilar tekshirishga
tayyor bo‘lish uchun darslarni o‘z vaqtida tayyorlaydilar, bo‘sh vaqtlaridan unumli
foydalanishga harakat qiladilar, intizomga o‘rganadilar.
Agar nazoratning o‘qitish va tarbiyalash vazifalari to‘g‘ri amalga oshirilsa,
shaxsning tafakkurini rivojlantirishga, xis-tuyg‘ulari va axloqiy sifatlarini
tarbiyalashga imkon tug‘iladi. Bu esa o‘z-o‘zidan nazoratning rivojlantiruvchi
vazifasi sanaladi.
Ta'lim olganlikni nazorat qilish va tashxislash tamoyillari.
Pedagogikada o‘quvchilarning ta'lim olganligini tashxislash va nazorat qilish
tamoyillarining tizimi ishlab chiqilgan. Ulardan eng muhimlari
xolislik
Dostları ilə paylaş: |