221
Guruh ishlayotgan paytda qolgan o‘quvchilar bo‘sh qolmaydi, ular o‘rtoqlarining
bajargan ishlarini baholash uchun o‘z ustilarida ishlab o‘tiradi.
nazoratning individual shaklidan har bir o‘quvchining bilim, ko‘nikma va
malakasi bilan mukammal tanishish uchun foydalaniladi. Nazoratning bu shaklida,
odatda o‘quvchilar javob berish uchun sinf taxtasi oldiga chaqiriladi.
nazoratning kombinatsiyalangan aralash shakli individual nazoratni ommaviy
va guruhli shakllar bilan birlashtirishni taqozo etadi.
Bu nazoratni hajmi katta
mavzularni barcha o‘quvchilardan so‘rash kerak bo‘lgan vaqtda foydalanadi. Har
bir o‘quvchiga alohida topshiriq beriladi va bir vaqtda bir nechta o‘quvchini
tekshirish mumkin bo‘ladi.
o‘z-o‘zini nazorat qilish shakli ta'lim jarayonida ichki qayta aloqaning bo‘lishini
ta'minlaydi. Nazoratning bu shakli psixologik mezonlarga asoslanadi. Uning
samaradorligi o‘qituvchining kasbiy mahoratiga bog‘liq bo‘ladi.
Og‘zaki tekshirish. Bu metod bilimlarni nazorat qilish va baholashning ancha
keng tarqalgan an'anaviy usullaridan biridir.
Og‘zaki tekshirishning mohiyati shunda ko‘rinadiki, o‘qituvchi o‘quvchilarga
o‘rganilgan mavzuning mazmunidan kelib chiqib, savollar beradi va ularni javob
berishga undaydi. Ana shu tarzda ularning o‘zlashtirish darajasini aniqlaydi.
Og‘zaki tekshirish o‘quvchilarning bilimlarini tekshirishni
savol-javob usuli
asosida amalga oshiriladi. Ushbu usul ayrim hollarda suhbat usuli deb ham ataladi.
Og‘zaki tekshirishda o‘qituvchi o‘rganilayotgan mavzuni alohida qismlarga
ajratadi va ularni har biridan o‘quvchilarga savollar beradi. Biroq o‘quvchilarning
nutqini o‘stirish hamda ularning chuqur va mustahkam bilimga ega bo‘lishlari
uchun ulardan shu yoki oldingi mavzuni butunlay esga
tushirishni talab qilish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: