235
Innovatsion faoliyat - yangi mahsulot yaratishga yo‘naltirilgan ilmiy,
texnologik, tashkiliy, moliyaviy, tijorat tadbirlari majmuasidan iborat bo‘lib,
ulardan maqsad yig‘ilgan bilim, malaka, ko‘nikma, texnologiya va ishlab chiqirish
asboblarini mana shu yangi mahsulotni keng miqyosda
ishlab chiqarilishiga
ishlatish va uning samaradorligini ta’minlashdir.
Ta’lim tizimining “ishlab chiqarish mahsuloti” – barkamol shaxs va kadr,
ya’ni ta’lim sub’ektlari hisoblanadi. Binobarin, ta’limdagi innovatsion faoliyat –
yangi kadrlarni yetishtirishga yo‘naltirilgan ilmiy, texnologik, tashkiliy, moliyaviy,
tijorat tadbirlari yig‘indisi bo‘lib, ulardan maqsad mana shu yig‘ilgan bilim,
malaka, ko‘nikma, texnologiya va ishlab chiqarish jarayonining yangi kadrlarini
keng miqyosda samarali tarzda mamlakat iqtisodiyoti uchun ko‘plab yetishtirib
berishga yo‘naltirish va ta’minlashdan iboratdir. Demak, pedagogik innovatsiya -
yangi
maxsulot, ya’ni kadr, mustaqil fikrlovchi shaxsni yetishtirishga
yo‘naltirilgan har qanday pedagogik yangilik bo‘lib, undan maqsad pedagogik
jarayon yuqori samaradorligini ta’minlashdir. Ma’lumki,
bugungi kunda
intellektual va kreativ tafakkur, ma’naviy yetuklik, mafkuraviy uyg‘oqlik, jismoniy
sog‘lomlik, chet tillarini o‘zlashtirilganlik, fuqarolik sezgirligisiz barkamol shaxsni
tarbiyalab bo‘lmaydi.
Butun
ta'lim
tizimidagi
innovatsiyalarni
quyidagicha
tasniflash
ma'qullanmoqda:
1. Faoliyat yo‘nalishiga qarab (pedagogik jarayondagi, boshqaruvdagi).
Kiritilgan o‘zgarishlarning tavsifiga ko‘ra (radikal, modifikatsiyalangan,
kombinatsiyalangan).
O‘zgarishlar ko‘lamiga ko‘ra (lokal, modulli, tizimli).
-
Kelib chiqish manbaiga ko‘ra (shu jamoa uchun ichki yoki tashqaridan
olingan).
Dostları ilə paylaş: