Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə155/227
tarix26.10.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#161547
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   227
-.-

PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA TURLARI 
REJA: 
1. Pedagogik texnologiya mohiyati. Pedagogik texnologiya, metodika, 
metodlar, shakllar va vositalar 
2. Pedagogik texnologiya turlari 
3. Interfaol metodlarni ta’lim jarayonida qo’llash 
4. Pedagogik texnologiyalarda masofaviy ta'limdan foydalanish 
Tayanch tushunchalar:
texnologiya, metodika, metod, shakl, vosita, 
pedagogik texnologiya, innovatsiya, masofaviy ta'lim, interfaollik, kafolatlangan 
natija.
 
Pedagogik texnologiya, metodika, metodlar, shakllar va vositalar. 
Pedagogik texnologiya nazariyasi o‘tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab 
asoslanib kelinayotgan bo‘lsada, aynan “pedagogik texnologiya” tushunchasiga 
nisbatan turlicha yondashuvlar mavjud. Xususan, pedagog olimV.P.Bespalko 
pedagogik texnologiyani “amaliyotga tadbiq qilinadigan muayyan pedagogik tizim 
loyihasi” deya ta'riflaydi hamda asosiy diqqatni o‘quv-pedagogik jarayonni 
oldindan loyihalashga qaratadi
27
. N.F.Talizina esa pedagogik texnologiyani “fan va 
amaliyot oralig‘ida muayyan tamoyillarni olg‘a suruvchi metodlar ishlab 
chiqaruvchi, ularni izchil qo‘llash kabi masalalarni hal etishga yo‘naltirilgan 
mustaqil fan”
28
bo‘lishi lozimligini qayd etadi vah.k. 
So‘nggi o‘n yilliklar davomida nutqimizda “pedagogik texnologiya”, 
“zamonaviy pedagogik texnologiya”, “o‘qitish texnologiyasi” kabi tushunchalar 
keng qo‘llanilmoqda. Aksariyat pedagoglar “ta'lim texnologiyasi” va “pedagogik 
texnologiya” tushunchalari mazmunan bir ma'noni anglatishini aytadi. Bunday 
yondashuv u qadar to‘g‘ri emas. Ta'lim jarayonini texnologiyalashtirish g‘oyasi 
dastlab G‘arbiy yevropa va AQShda shakllangan. Ularda “Pedagogika” fani 
mavjud emas, shu bois “pedagogik faoliyat”, “pedagogik texnologiya” tushunchasi 
27
Беспалко В.П. Слагаемые педагогической технологии. – Москва: Педагогика, 1989. – С. 6. 
28
Талызина Н.Ф. Управление протсессом усвоения знаний. – Москва: Изд-во МГУ, 1984. – С. 13. 


230 
ham iste'molda yo‘q. Ushbu mamlakatlarda shaxsga ilmiy bilimlarni berish 
jarayoni “ta'lim jarayoni” sifatida nomlanadi, shaxsga bilimlar berish, uning 
ma'lumotini oshirish, ta'lim samaradorligini ta'minlashga xizmat qiluvchi fanlar 
majmui “Metodika” deb yuritiladi. Metodika fanlarini o‘qitishda asosiy e'tibor 
ta'lim sifatini yaxshilash, uningsamaradorligini ta'minlashga qaratiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi ta'lim amaliyotida o‘qitilib kelinayotgan 
“Pedagogika” fanining predmeti shaxsni shakllantirish, uning kamolotini 
ta'minlashga yo‘naltirilgan ta'limiy va tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish 
jarayonining mazmunidan iborat. Ya'ni, shaxs kamoloti ta'limiy va tarbiyaviy 
faoliyat jarayonining natijasi sifatida namoyon bo‘ladi. 
Xo‘sh, “metod”, “metodika”,”ta'lim texnologiyasi”, “pedagogik texnologiya” 
tushunchalari bir xil ma'noni anglatadimi? Quyida ana shu xususida so‘z yuritiladi. 
Metod
tushunchasi tadqiqotchilar tomonidan turlicha sharhlanishiga 
qaramasdan, ta'lim jarayonida qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘li hisoblanadi. 
Masalan, pedagog olima Sh.A. Abdullaeva ta'rificha: “
Metod 
(lotincha 
«metodos»-«yo'l», “uslub”) tadqiqot yo‘li, nazariya, ta'limot, deb tarjima qilinadi.
Ilmiy tushuncha sifatida "metod" so'zi keng ma'noda: muayyan muammo 
yechimini topishga yo‘naltirilgan uslubni, malum maqsadga erishish yo'lini, tor 
ma'noda: tabiat va ijtimoiy hayot hodisalarini hamda qonuniyatlarini bilish 
maqsadida qandaydir vazifani hal etish uslubini bildiradi.
Pedagog-olima D.I. Ro‘zieva: “Metod pedagog va tahsil oluvchi 
hamkorligida tashkil etilayotgan ta'lim jarayonida qo‘yilgan maqsadga erishish 
usuli sanaladi”-deb e'tirof etadi. Pedagogikada shunday maxsus metodlar
mavjudki, ular yordamida ta'lim -tarbiya jarayoniga taalluqli muhim faktlar, turli 
pedagogik vaziyatlar mohiyatlari, mexanizmlari, xususiyatlari o'rganiladi. 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin