226
matematika va tabiiy fanlar (fizika, ximiya, biologiya)dan olgan bilimlarini turli
hayotiy vaziyatlarda qo‘llay olishlarini baholashga qaratilgan. Uchinchi xalqaro
tadqiqot – PIRLS da turli mamlakatlar boshlang‘ich maktablari bitiruvchilarining
matnni o‘qish va uni tushunish darajasi baholanadi.
Mazkur tadqiqotlarning maqsadi – o‘quvchilar yutuqlari to‘g‘risidagi
ma'lumotlarni jamlash va ularni xalqaro miqyosda qiyoslash bo‘lib, uning
natijalariga ko‘ra ta'lim siyosati masalalari hamda o‘quvchilar o‘zlashtirishidagi
tafovutlarni yaxshiroq anglab yetishga qaratilgan xalqaro muloqot olib boriladi.
Xalqaro tadqiqotlar nufuzining oshib borishi bugungi dunyoda globallashuv
jarayonlari natijasida mustaqil hayotga kirib kelayotgan o‘quvchilarga mehnat
bozorida qanday bilim va ko‘nikmalar kerakligi to‘g‘risidagi ijtimoiy
buyurtmalarni hamda raqobatbardosh mutaxassislarga qo‘yilgan talablarni
kengayib borayotganligidan darak beradi.
Ta'lim sifati monitoringini olib borishdan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilar
tomonidan davlat ta'lim standartlari talablarining bajarish dinamikasini tizimli
kuzatish, ta'lim sifatiga ta'sir etgan omillarni aniqlash, ta'lim muassasalari, hududiy
xalq ta'limi boshqaruvi idoralari, metodik xizmat va malaka oshirish tizining
faoliyatini baholab, rivojlantirishga oid chora-tadbirlarni belgilash, keyingi holatni
bashoratlash natijasida ta'lim sifatini oshirishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: