Laboratoriya ishlari o‘quvchilarning jihoz, maxsus uskuna, qurol hamda turli
texnikaviy qoliplardan foydalangan holda tajribalarni o‘tkazish metodlari bo‘lib,
ular ko‘proq tabiiy fanlar asoslarini o‘rganishda qo‘llaniladi. Bu metod
o‘quvchilarning asbob-uskunalar bilan ish ko‘rish, o‘lchash ishlarini amalga
oshirish va ularning natijalariga ishlov berish kabi ko‘nikmalarini tezkor
shakllantirishga imkon beradi. Laboratoriya ishlarini bajarish maxsus qurilma va
jihozlar, shuningdek, materiallar hamda vaqtni sarflash, ularni ishga tayyor holatga
keltirishni talab etadi. Biroq bu harakatlar o‘quvchilarning yuqori darajadagi
faolligi asosida mustaqil ravishda tajriba va o‘lchash ishlarini tashkil etish bilan
takomillashtirilib boriladi.
Didaktik o‘yin o‘rganilayotgan obekt, hodisa va jarayonlarni modellashtirish
asosida o‘quvchining bilishga bo‘lgan qiziqishi va faollik darajasini
rag‘batlantiruvchi o‘quv faoliyati turi. Ayni vaqtda o‘yin ham ijtimoiy faoliyat
ko‘rinishi sanaladi.
Ta'lim metodlarini tanlash. Pedagogika fanida, o‘qituvchilarning amaliy
tajribasini o‘rganish va umumlashtirish asosida ta'lim metodlarini tanlashga o‘quv-
tarbiya jarayoni kechayotgan shart-sharoitlar va aniq holatlarga bog‘liq muayyan
yondashuvlar vujudga keladi. Ta'lim metodlarini tanlashda quyidagi holatlar
inobatga olinishi lozim:
Ta'limning umumiy maqsadlari.
Fanning va o‘rganilayotgan mavzuning mazmuni hamda o‘ziga xosliklari.
Biror fanni o‘qitish metodikasining o‘ziga xosliklari.
Materialni o‘rganishga ajratilgan vaqt.
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi, vazifalari va mazmuni.
O‘quvchilarning yoshi va bilish imkoniyatlari.
O‘quvchilarning tayyorgarlik darajasi.
Ta'lim muassasasining moddiy ta'minlanganligi.
205
O‘qituvchining nazariy, amaliy va metodik tayyorgarligi, pedagogik mahoratni
egallaganlik darajasi.