Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/227
tarix26.10.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#161547
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   227
-.-

Xususiy-metodik (mezo) daraja.
Ushbu daraja o‘zida ma'lum bir o‘quv fanini 
o‘qitish jarayonini loyihalash va rejalashtirishni o‘zida aks ettiradi. Masalan, 
o‘qituvchi darsni har safar texnologik modeli va xaritasini tuzib kelishi kerak. 
Ta’lim usuli 
– o‘qitish metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni. Usul va metod butun 
va qism sifatida bir-biriga bog‘lanadi. Usullar yordamida faqat o‘quv vazifasining bir qismi 
hal qilinadi. 
Pedagogik texnologiya – 
bu muayyan loyiha asosida tashkil etiladigan, aniq maqsadga 
yo‘naltirilgan hamda ushbu maqsadning natijalanishini kafolatlovchi pedagogik faoliyat 
jarayoni mazmunidir. 


198 
Hozir ko‘p ta'kidlanayotgan texnologik model loyihalashga, texnologik xarita 
rejalashtirishga to‘g‘ri keladi. Natijada har bir fanni o‘qitish texnologiyasi yuzaga 
keladi. 
Lokal daraja (mikro).
Mazkur darajaga tegishli texnologiyalar o‘quv-tarbiya 
jarayonining ma'lum tarkibiy qismi, alohida shaxs sifatlarini shakllantirish, maxsus 
o‘quv ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirishga xizmat qiladi. Masalan, 
o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini shakllantirish texnologiyasi, o‘quvchilarning 
aqliy qobiliyatini rivojlantirish texnologiyasi va boshqalar. 
«Metodika» va «texnologiya» tushunchalarining bahs doirasi bilan ham 
bog‘liqlikda ayrim farqli jihatlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Jumladan, metodik 
tizim «Qanday o‘qitish?», «Nima uchun o‘qitish?», «Nimaga o‘rgatish?» kabi 
savollarga javob izlaydi, texnologiya esa, «Qanday tarzda samarali o‘qitishga 
erishish mumkin?» degan savolni markazga qo‘yadi. Metodika o‘quv jarayoninin 
qanday tarzda tashkil etish lozimligini nazarda tutsa, texnologiya qay yo‘sinda 
o‘quv jarayonini eng qulay, maqbul tarzda amalga oshirishga diqqat-e'tiborni 
qaratadi.

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin