198
Hozir ko‘p ta'kidlanayotgan
texnologik model loyihalashga, texnologik xarita
rejalashtirishga to‘g‘ri keladi. Natijada har bir fanni o‘qitish texnologiyasi yuzaga
keladi.
Lokal daraja (mikro).
Mazkur darajaga tegishli texnologiyalar o‘quv-tarbiya
jarayonining ma'lum tarkibiy qismi, alohida shaxs sifatlarini shakllantirish, maxsus
o‘quv ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirishga xizmat qiladi. Masalan,
o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini shakllantirish texnologiyasi, o‘quvchilarning
aqliy qobiliyatini rivojlantirish texnologiyasi va boshqalar.
«Metodika» va «texnologiya» tushunchalarining
bahs doirasi bilan ham
bog‘liqlikda ayrim farqli jihatlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Jumladan, metodik
tizim «Qanday o‘qitish?», «Nima uchun o‘qitish?», «Nimaga o‘rgatish?» kabi
savollarga javob izlaydi,
texnologiya esa, «Qanday tarzda samarali o‘qitishga
erishish mumkin?» degan savolni markazga qo‘yadi. Metodika o‘quv jarayoninin
qanday tarzda tashkil etish lozimligini nazarda tutsa, texnologiya qay yo‘sinda
o‘quv
jarayonini eng qulay, maqbul tarzda amalga oshirishga diqqat-e'tiborni
qaratadi.
Dostları ilə paylaş: