197
Masalan, o‘qituvchilar tomonidan ko‘p qo‘llaniladigan mashq manbasiga ko‘ra
amaliy metod hisoblansa, uni qo‘llash esa bir nechta usullar (mashqning qoidasini
o‘qib berish (1-usul), bittasini namuna sifatida bajarib ko‘rsatish (2-usul),
o‘qituvchining namunasi asosida o‘quvchilar tomonidan mashqning bajarilishi (3-
usul), o‘quvchilar tomonidan bajarilgan mashqlarni tekshirish va xatolarini tuzatish
(4-usul) va boshqalar) yordamida amalga oshiriladi.
O‘qituvchilarning ayrimlari esa, «metod» tushunchasining o‘rniga «uslub»
tushunchasini ham qo‘llaydilar. Ammo «uslub» tushunchasi «metod» atamasining
mohiyatini o‘zida to‘liq aks ettira olmaydi. Chunki uslub ko‘proq xususiy (so‘z
borayotgan holatda aynan o‘qituvchiga xoslikni ifoda etadi) tavsifga ega bo‘lib,
aniq maqsadga erishish yo‘li sifatida xizmat qila olmaydi.
Ta'lim amaliyotida «pedagogik texnologiya»
tushunchasi uch darajada
qo‘llaniladi:
Umumpedagogik (makro) daraja.
Mazkur darajaga muvofiq keladigan
texnologiyalar yaxlit pedagogik jarayonga tegishli bo‘lib,
ularga muammoli,
tabaqalashtirilgan, integratsion, shaxsga yo‘naltirilgan,
rivojlantiruvchi, modulli,
masofali o‘qitish texnologiyalarini misol sifatida keltirish mumkin. Mazkur
texnologiyalar innovatsiya tavsifiga ega bo‘lib, novator o‘qituvchilar, olimlar va
izlanuvchilar tomonidan ishlab chiqiladi hamda samaradorligi kafolatlanganidan
va amaliyotga keng tatbiq etish imkoniyatiga ega bo‘linganidan so‘ng uni
amaliyotchi o‘qituvchilar o‘z faoliyatida qo‘llaydilar.
Dostları ilə paylaş: