157
vaqtida sinovdan o‘tuvchi, shaxsning funksional savodxonligi va ijtimoiyligini
ta'minlashga asoslanadi.
Bixevioristik (ratsionalistik) paradigma.
Ratsionalistik paradigma an'anaviy
paradigmaga qarama-qarshi o‘laroq, o‘zining diqqat markazida
mazmunni emas,
o‘quvchilarning turli turdagi bilimlarni o‘zlashtirishining samarali usullarini
qo‘yadi. Ratsionalistik ta'lim paradigmasi asosida ijtimoiy injeneriya bixevioristik
konsepsiyasi turadi. Ta'lim muassasasining maqsadi – ta'lim oluvchilarda ijtimoiy
me'yorlar, milliy madaniyat talablari va natijalariga muvofiq, moslashuvli «xulq-
atvor majmui»ni shakllantiradi. Suning uchun «xulq-atvor» atamasi «barcha
turdagi
reaksiyalar, insoniy xususiyatlar – uning fikrlashi, his-tuyg‘usi va
harakati»ni bildiradi.
Mazkur paradigma ta'lim muassasasiga ta'lim
oluvchilarning maqbul xulq-
atvorini shakllantirish maqsadida bilimlarni o‘zlashtirish yo‘li sifatida qaraydi,
ya'ni har qanday ta'lim muassasasi – bu yashash
muhitiga moslashtirishning
ta'limiy mexanizmi. Bunday o‘qitishning asosiy metodlariga o‘rgatish, trening, test
nazorati, individual o‘qitish, korrektsiyalash kiradi.
Dostları ilə paylaş: