28
cheksiz faoliyatini va xarakterini o‘rganishdir. Individning shaxs darajasida
namoyon bo‘lishida tarbiyaning yetakchi mavkeini qadimdan faylasuf (Arastu,
Platon, Sukrot, Demokrit va boshkalar)lar tan olishgan va inson tarbiyasi
muammosi falsafaning asosiy masalalari qatoriga kiritilgan. Shu tariqa falsafiy
ta'limotlar tarkibida pedagogik fikr va g‘oyalar vujudga kela boshlagan va yillar
davomida rivojlanib borgan, natijada pedagogika mustaqil fan sifatida ajralib
chiqqan. Demak, hyech ikkilanmasdan aytish mumkinki, pedagogika faning
metodologiyasini jamiyat taraqqiyoti qonunlarini ifoda etuvchi zamonaviy
filosofiya, uning bilish nazariyasi tashkil etadi”, N. Sayidahmedov.
11
Demak,
metodologiya birinchi navbatda keng ma'noda – fan metodologiyasi sifatida
qo‘llanilib, barcha ilmiy fanlar uchun ilmiy bilishning falsafiy tayanchi
xisoblanadi. Metodologiya fan sifatida ob'ektiv borliqni bilish haqida ta'limot
(nazariya)dir. Tor ma'noda esa aniq ilmiy fanlar, shu jumladan pedagogika uchun
ilmiy bilish nazariyasini anglatadi.
Dostları ilə paylaş: