346
GLOSSARIY
Aniqlik -
tadqiqotning barcha muolajalari uchun tegishlidir:
pedagogik
hodisa va jarayonlarni kuzatish va qayd etish; fikrlar tahlili va umumlashmasi; turli
manbalaridan olingan ilmiy axborotlardan foydalanish.
Axborot
— manbalar va taqdim etilish shaklidan qat'iy nazar shaxslar,
predmetlar, faktlar, voqyealar, hodisalar va jarayonlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar.
Amaliy metod
– o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliy masalalar echimini topishga
yo‘naltirilgan jarayonda qo‘llashni taqozo etadi.
Bunda nazariy bilimlarni
amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasi hosil qilinadi. Amaliy ishlar sinfda yoki tabiiy
sharoitlar –
maktab yer maydoni, issiqxona, geografik
maydonlarda amalga
oshiriladi. Ularni amalga oshirishda sodir etiladigan harakatlar o‘qituvchi
tomonidan nazorat qilinadi va zarur hollarda yo‘riqnoma yoki maxsus ko‘rsatmani
o‘quvchilar e’tiboriga havola etadi.
Blog
- tarkibi matn, tasvir va multimedia ma'lumotlaridan iborat bo‘lgan
doimiy ravishda qo‘shilib turiladigan ma'lumotlar yoki izohlardan iborat bo‘lgan
sayt. Bloglar odatda u yoki bu material veb sahifasi tarkibida mavjud bo‘lib,
materialga berilgan izohlarni o‘zida mo‘jassamlaydi.
Valeologiya -
salomatlik yoki qanday qilib sog‘lom bo‘lishni o’rganuvchi
pedagogikadagi tarmoq fan.
Viki
– bu saytning o‘zi tomonidan taqdim etiladigan uskunalar yordamida
uning tuzilmasini va tarkibini foydalanuvchilar o‘zgartira
olish imkoniga ega
bo‘lgan veb sayt.
Veb kamera
alohida qurilma bo‘lib, u kompyuter vositasiga ulanadi va
Internet tarmog‘i orqali muloqotlarda ishlatiladi. Veb kameradan foydalanish va u
orqali muloqot qilish uchun Internet tarmog‘i ulangan bo‘lishi
hamda har bir
foydalanuvchi kompyuterida veb kamera qurilmasi o‘rnatilgan bo‘lishi shart.
Dostları ilə paylaş: